Abstract
Erta yoshdagi bolalarda mushak tonusi buzilishlari ko‘p uchraydigan nevrologik muammolardan biri bo‘lib, ular bolaning umumiy rivojlanishi, motor funksiyalari va keyingi psixomotor ko‘nikmalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mushak gipertonusi yoki gipotonusi turli tug‘ma va orttirilgan omillar ta’sirida shakllanib, vaqtida korreksiya qilinmasa, harakatlanish kechikishi, skolioz, yassi oyoqlik kabi ortopedik asoratlar hamda neyropsixik rivojlanishda orqada qolish holatiga olib kelishi mumkin. Massaj usullari mushak tonusini me’yorlashtirish, qon aylanishini yaxshilash, nerv-mushak aloqalarini tiklash va bolaning umumiy sog‘lom rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda samarali bo‘lgan fizioterapevtik muolaja hisoblanadi. Ushbu maqolada massajning mushak tonusi buzilishlarini korreksiyalashdagi ahamiyati, asosiy usullari va ularning klinik samaradorligi yoritiladi.
References
1. Филичева Т.Б., Чиркина Г.В. Логопедия и коррекционная педагогика. – Москва: Владос, 2019.
2. Жуковская Л.В. Медицинский массаж в педиатрии. – Москва: МЕДпресс-информ, 2016.
3. Вельтищев Ю.Е. Детские болезни. – Москва: ГЭОТАР-Медиа, 2017.
4. Кудрявцев В.А. Детская неврология. – Санкт-Петербург: СпецЛит, 2020.
5. Karimova M., Abdukarimov B. Early physiotherapy interventions in infants with muscle tone disorders. Uzbek Medical Journal, 2021; (3): 45–49.
6. World Health Organization. International Classification of Functioning, Disability and Health: Children & Youth Version. Geneva: WHO Press, 2007.
7. Sadowska L., Sarecka-Hujar B., Kopyta I. Early rehabilitation in infants with central coordination disorders. Brain Sciences, 2020; 10(11): 810.