Abstract
Mazkur maqolada ikki tilli muhitda ta’lim olayotgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ona tili bilan bir qatorda rus yoki ingliz tilini o‘rgatishdagi muammo va imkoniyatlar tahlil qilinadi. Ikki til orasidagi muvozanatni ta’minlashda o‘qituvchining metodik yondashuvi, o‘quv muhitining tilga bo‘lgan munosabati, o‘quvchilarning psixologik holati va ijtimoiy madaniy omillar inobatga olinadi. Maqolada shuningdek, til o‘rganish jarayonida yuzaga keladigan asosiy muammolar – fonetik va grammatik qiyinchiliklar, til aralashuvi (interferensiya), motivatsiya yetishmasligi kabi holatlar tahlil etilgan. Shu bilan birga, bilingval (ikki tilli) muhitda ta’limning ijobiy jihatlari – o‘quvchilarning kognitiv rivoji, madaniyatlararo kompetensiyaning shakllanishi va ko‘p tilda fikrlash qobiliyati rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilgan. Muallif tomonidan amaliy tajriba, ilg‘or xorijiy yondashuvlar hamda milliy ta’lim tizimidagi real holatlar asosida taklif va tavsiyalar berilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni. – Toshkent: Adolat, 2020.
2. Jalolova R. va boshqalar. Pedagogika: darslik. – Toshkent: “Ilm ziyo”, 2022.
3. Nishonova S. N. Pedagogik texnologiyalar va innovatsion metodlar. – Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2021.
4. Turdaliyeva M. Bilingval ta’lim: muammo va istiqbollar. // “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy jurnali, 2023, №1.
5. Kadirova D. Ikki tilli maktablarda ona tili o‘qitish muammolari. – Toshkent: Fan, 2020.
6. Cummins, J. (2000). Language, Power and Pedagogy: Bilingual Children in the Crossfire. – Multilingual Matters.
7. Baker, C. (2011). Foundations of Bilingual Education and Bilingualism. – Clevedon: Multilingual Matters.
8. https://edu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sayti
9. https://ziyonet.uz – Ziyonet ta’lim portali
10. https://bilingualkidspot.com – Bilingval ta’lim resurslari (ingliz tilida)