Abstract
Ushbu maqolada turizm sohasining huquqiy asoslari O‘zbekiston va xalqaro tajriba misolida tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – turizmning barqaror rivojlanishida huquqiy mexanizmlarning o‘rni va ahamiyatini aniqlash, mavjud muammolarni ko‘rsatish hamda takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi “Turizm to‘g‘risida” Qonuni, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari, BMTning Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) hujjatlari hamda xalqaro turizm konvensiyalari asosida qiyosiy tahlil amalga oshirilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, mamlakatimizda turizm sohasining huquqiy bazasi shakllangan bo‘lsa-da, turistlar huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish, majburiy sug‘urta tizimini kengaytirish, turistik xizmatlarni litsenziyalash va sertifikatlash jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish zarur. Xalqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston turizm sohasining global raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.
References
1. Shavkat Miramonovich Mirziyayev, “Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari.” 145-bet
2. “Turizm to‘g‘risida” Qonuni (O‘RQ-549-son, 2019-yil 18-iyul)
3. O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi ma’lumotnomasi, 2024
4. Normatov M., Xasanov O. “Turizm va uning huquqiy asoslari”. Toshkent: TDYI, 2021
5. Fletcher J. et al. Tourism: Principles and Practice. Pearson, 2018
6. O’zbekiston Respublikasi statistika agentligi ma’lumotlari
7. Wikipedia.or