Abstract
Mazkur maqolada biznes sohasida faoliyat yuritayotgan yoki ushbu yo‘nalishga qiziqayotgan yoshlarning kutubxona muassasalaridan foydalanish madaniyati va ahamiyati tahlil qilinadi. Kitobxonlik va axborot resurslaridan samarali foydalanish yosh tadbirkorlarning bilim, malaka va innovatsion tafakkurini shakllantirishda muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Kutubxonalar nafaqat ilm manbai, balki tadbirkorlik g‘oyalari, marketing bilimlari, menejment asoslari, texnologik yangiliklar bo‘yicha axborot markazi sifatida xizmat qilmoqda. Shuningdek, maqolada zamonaviy kutubxonalarning yosh biznes vakillariga ko‘rsatayotgan axborot-kommunikatsion va maslahat xizmatlari misollar asosida yoritilgan. Tadqiqotda yoshlarning kutubxonaga bo‘lgan munosabati, kitobga bo‘lgan ehtiyoji hamda bu jarayonning ularning muvaffaqiyatli faoliyatiga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beriladi.
References
1. Komilov N. Ma’naviyat asoslari. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2020.
2. To‘rayev X. Kutubxona ishi va axborot texnologiyalari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2019.
3. Allamuratova D. Yoshlar va kitobxonlik madaniyati // "O‘zbekiston maktabi" jurnali. – 2021, №2. – B. 60–64.
4. O‘ralov S. Axborot-kutubxona faoliyatining zamonaviy yo‘nalishlari. – Toshkent: Ilm Ziyo, 2022.