Abstract
Mazkur maqolada ta’lim muassasalarida psixologning o‘rni, vazifalari va ahamiyati ilmiy-nazariy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Unda maktabgacha, umumiy o‘rta va oliy ta’lim tizimlarida psixologik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, o‘quvchilar va talabalarning shaxsiy rivojlanishi, ijtimoiy moslashuvi, emotsional holatini aniqlash va ularni korreksiya qilishdagi psixologning vazifalari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy ta’limda psixologik xizmatni takomillashtirishning dolzarb muammolari va yechimlari, xorijiy tajriba bilan solishtirma tahlillar asosida ko‘rib chiqilgan. Maqolada psixologik-pedagogik yondashuvlar asosida psixologlarning ta’limdagi professional o‘rni va mas’uliyati chuqur yoritiladi.
References
1. Xamidov, A.X. Pedagogik psixologiya. – Toshkent: O‘zbekiston, 2004.
2. To‘xtasinova, N. Maktab psixologi faoliyatining nazariy asoslari. – Toshkent: Fan, 2012.
3. Raxmonov, Sh.A. Ta’lim muassasalarida psixologik xizmat. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020.
4. Toshpo‘latov, M. Psixologik-pedagogik yondashuvlar asosida o‘quvchi shaxsini rivojlantirish. – Samarqand: SamDU, 2019.