Abstract
Ushbu maqolada Qur’ondagi ahkom oyatlari haqida nazariy qarashlar tahlil qilinadi. Ahkom oyatlari Qur’ondagi hukmlar, taqiqlar va ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi. Maqolada sahobalar va fiqhshunos olimlar orasidagi ixtiloflar, huquqiy sohalardagi oyatlarning taqsimoti, shuningdek, Qur’onning hukm bayon qilish uslublari o‘rganiladi. Qur’ondagi huquqiy oyatlarning soni va ularning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va axloqiy jihatlari tahlil qilinadi. Maqola Qur’on va sunnat asosida islomiy huquqshunoslikning rivojlanishiga tilakdoshlar uchun foydali bo‘ladi.