Abstract
Ushbu maqolada XX asr boshlarida Buxoro amirligida ta’lim tizimida yuz bergan tub o‘zgarishlar, xususan, yangi usul maktablarining tashkil etilishi, bu jarayonning tarixiy, siyosiy va ijtimoiy asoslari tahlil qilingan. Jadidchilik harakatining amaliy natijalaridan biri sifatida vujudga kelgan yangi usul maktablari nafaqat an’anaviy maktablar va madrasa ta’limiga muqobil, balki zamonaviy, ilmiy asoslangan o‘qitish metodikasini taklif qilgan. Maqolada bu maktablarning ilk tashkilotchilari – Mulla Jo‘raboy, Nizom Sobitov, Munavvar qori Abdurashidxonov va boshqa jadidlarning ta’limiy faoliyati, shuningdek, ularning Rossiya va Turkiyadagi ilg‘or pedagogik tajribalarni mahalliy sharoitga moslashtirish yo‘lidagi sa’y-harakatlari yoritilgan. Shuningdek, Ismoil Gaspirinskiy tomonidan taklif etilgan “Xo‘jai Sibiyon” darsligining mazmuni va ahamiyati, ta’limdagi o‘rni ham tahlil etiladi. Buxoro amirligidagi madrasalarining holati, ularning yangi usul maktablari bilan aloqasi va bu jarayon xalqning dunyoqarashida qanday o‘zgarishlar yasaganiga e’tibor qaratiladi.
References
Aliyev A. Mahmudxo‘ja Bexbudiy. - T.: Yozuvchi, 1994. - 150b
2. Ирзаев Б. Туркистон Жадидларининг “Кўмак” ташкилоти. - Тошкент: Тошкент ислом университети нашриёт-матбаа бирлашмаси, 2016. - 148 б.
3. Долимов У. Туркистонда жадид мактаблари. - Тошкент: Университет, - 2006. - 129 бет.
4. Mунаввар Кори Абдурашидхонов Tуркистон тараққийпарварларининг сардори. - Тошкент: Mumtoz soʻz, 2018. - 158 б
5. Бобожонова Ф. Бухоро амирлигида таълим тизими (XIX аср охири - XX асрнинг бошларида) Диссертация. - Тошкент: 2011. - 185 б