Abstract
Mustaqil taraqqiyot yo‘lidan dadil borayotgan, huquqiy demokratik jamiyat qurishga intilayotgan Respublikamizda har bir insonning ozod va erkin,farovon yashashini ta'minlovchi jamiyat barpo etilmoqda. Ayniqsa, yoshlarning ilm- ma'rifatli bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish ta'lim tizimining barcha bosqichida ona tilining asosiy o‘quv predmeti ekanligini,fanlarni egallash uchun avvalo, ona tilida to'g‘ri, ifodali, tartibli va ijodiy fikrlash zarurligini namoyon etmoqda.Chunki til kishilarning o‘zaro aloqa vositasi bo‘lib, u barcha kishilar uchun baravar, teng xizmat qiladi. Shu bois til ijtimoiy hodisa bo‘lib, jamiyat taraqqiyotidagi o‘zgarishlar, yangilanishlar tilda o‘z aksini topadi.Bu vazifani bajarishda,albatta,ona tilida nutq o‘stirish fanining umumiy ahamiyati katta.
References
1. Abdullayeva Q va boshqalar . Savod oʻrganish darslari Toshkent 1996
2. Qozoqboy Yoʻldoshev Birinchi jild , Toshkent 2000-yil
3. Measuring Financial Literacy: Core Questionnaire in Measuring Financial Literacy: Questionnaire and Guidance Notes for conducting and Internationally Comparable Survey of Financial Literacy, Paris , OECD .
4. "Savod o‘rgatish metodikasi" – Mahmudova M.
5. "Savodxonlik metodikasi" – Abdullayev X.
6. "Boshlang‘ich ta’limda savod o‘rgatish" – Xo‘jaev A.
7. "Savod o‘rgatish va uning metodlari" – To‘xtasinov N.