Abstract
Ushbu maqolada Luqmon Bo‘rixonning “Jaziramadagi odamlar” romanida yaratilgan ayol obrazlari badiiy tahlil qilinadi. Asarda tasvirlangan Zumrad, Maysara, Toshbibi, Lolaxon kelin kabi personajlar orqali muallif o‘zbek ayollarining samimiyligi, mehnatsevarligi, sho‘xligi va matonatini chuqur ochib beradi. Ayollarning tashqi ko‘rinishi, ichki kechinmalari, oiladagi va jamiyatdagi o‘rni xalqona uslubda, jonli va hayotga yaqin tasvirlar orqali gavdalanadi. Maqolada roman voqealari fonida ayollar portretining ijtimoiy, estetik va ruhiy qirralari yoritiladi.
References
Y.Turdiyeva “ Badiiy uslub individualligi Luqmon Bo‘rixonning “ Jaziramadagi odamlar” romani asosida.” maqola. “Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya”
2. L. Bo‘rixon “Jaziramadagi odamlar” Oltin qalam nashriyoti. Toshkent,2024.
3. .Y.Turdiyeva. Luqmon Bo‘rixonning “Jaziramadagi odamlar” romanida badiiy uslub individualligi mavzusidagi Dissertatsiyasidan. Toshkent.2025