Abstract
Ushbu maqolada xalqaro moliya institutlari tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlarga ajratiladigan kredit liniyalarining iqtisodiy o‘sish, infratuzilma rivoji va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishdagi o‘rni yoritilgan. Muallif xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, XVJ, AIIB va boshqalar) funksiyalari, ularning iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, investitsiyalarni moliyalashtirish, texnik yordam ko‘rsatish va iqtisodiy islohotlarni rag‘batlantirishdagi roli haqida keng ma’lumot beradi. Maqolada kredit liniyalarining asosiy afzalliklari iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash, yuqori sifatli infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish, barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish va texnik yordam ko‘rsatish kabi jihatlar tahlil qilingan. Shu bilan birga, kredit liniyalarining salbiy tomonlari tashqi qarzning ortishi, qattiq shartlar, resurslarning noto‘g‘ri taqsimlanishi, iqtisodiy va siyosiy mustaqillikka salbiy ta’siri tanqidiy yondashuv asosida ko‘rib chiqilgan.