“O'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA GASTRANOMIK DISKURSNING LINGVOKULTROLOGIK TAHLILI: MADANIY SEMANTIKA VA TIL BIRLIKLARI”
PDF

Keywords

gastronomik diskurs, lingvokulturologiya, madaniy semantika, milliy identitet, frazeologik birliklar, ovqat atamalari, o‘zbek tili, ingliz tili, diskurs tahlili, madaniy kod, metafora, retseptlar tili, xalq og‘zaki ijodi, til va madaniyat, ovqatlanish marosimlari.

Abstract

Ushbu maqola o‘zbek va ingliz tillarida mavjud gastronomik diskursning lingvokulturologik xususiyatlarini taqqoslab o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda gastronomik atamalar, iboralar va ovqatga oid til birliklari orqali milliy madaniyat, qadriyatlar, urf-odatlar va xalqning dunyoqarashi qanday ifodalanishi ko‘rsatib beriladi. Lingvokulturologik yondashuv asosida ingliz va o‘zbek tillaridagi gastronomik diskurs komponentlari – leksik birliklar, frazeologik iboralar, madaniy metaforalar, reklama matnlari, retseptlar va kundalik muloqotdagi nutq namunalari tahlil qilinadi.

Maqolada madaniy kodlar va semantik maydonlar orqali ikki xalqning ovqatlanish madaniyatidagi o‘xshashliklar va tafovutlar ochib beriladi. Shuningdek, diskurs tahlili asosida gastronomik birliklarning ijtimoiy kontekstda qanday qo‘llanilishi, ular orqali do‘stlik, mehmondo‘stlik, oilaviy qadriyatlar va milliy identitet qanday aks ettirilishi o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni, ayniqsa, gastronomik madaniyatda yaqqol namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. Maqola natijalari lingvistik, madaniyatshunoslik va tarjimashunoslik sohalarida amaliy qo‘llanilishi mumkin.

PDF

References

Wierzbicka, A. (1997). Understanding Cultures Through Their Key Words. Oxford University Press.

2. Karasik, V.I. (2004). Language Circle: Personality, Concepts, Culture.

3. Юсупова, Д. (2021). “Ўзбек тилида гастрономик атамаларнинг лингвомаданий таҳлили”.

4. Halliday, M.A.K. (1994). An Introduction to Functional Grammar.

5. Koptelova, M. (2019). “Gastronomic Metaphors in English and Russian: A Comparative Study.”

6. Омонова, М. (2022). “Ўзбек она тили дарсларида лексик маданиятни ўргатиш усуллари

7. Xosilova, S., Quchqorov, B. Z., & Xasanov, S. (2025). THE ROLE OF FOOD SIGNS IN BRITISH CULTURE. Journal of Multidisciplinary Sciences and Innovations, 1(2), 269-274.