Abstract
Nospesifik yarali kolit (NYaK) — to‘g‘ri va yo‘g‘on ichak shilliq qavatining surunkali yallig‘lanishi bilan kechadigan kasallik bo‘lib, u gastroenterologiyaning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. NYaK asosan yosh va mehnatga layoqatli aholida uchrashi, kasallikning surunkali kechishi, mavsumiy avj olish holatlari va og‘ir asoratlar bilan kechishi uning tibbiy-ijtimoiy ahamiyatini kuchaytiradi. So‘nggi yillardagi tadqiqotlar NYaKning yurak-qon tomir tizimiga bo‘lgan ta’sirini, xususan, qon ketishi natijasida rivojlanadigan anemiya, yurak faoliyatining yuklanishi, miokardga kislorod yetishmovchiligi holatlarini yoritib bermoqda. Kasallikning tizimli yallig‘lanish reaksiyasi giperviskoz holatlar, tromboz va endotelial disfunktsiya bilan kechib, yurak ishemik kasalliklariga sharoit yaratishi mumkin. Ushbu maqolada NYaKning yurak-qon tomir tizimidagi patofiziologik o‘zgarishlari, asoratlar rivojlanish mexanizmlari, diagnostika mezonlari va profilaktik choralari tahlil qilinadi. Mazkur yo‘nalishdagi tadqiqotlar NYaKni kompleks baholash va davolashda kardiovaskulyar monitoringning zarurligini asoslaydi.
References
Kasper D.L., Fauci A.S., Hauser S.L., Longo D.L., Jameson J.L., Loscalzo J. Harrison's Principles of Internal Medicine. 20th Edition. – New York: McGraw-Hill Education, 2018.
2. Feuerstein J.D., Cheifetz A.S. Ulcerative Colitis: Epidemiology, Diagnosis, and Management. – Mayo Clinic Proceedings, 2020.
3. Loftus E.V. Jr. Clinical Epidemiology of Inflammatory Bowel Disease: Incidence, Prevalence, and Environmental Influences. – Gastroenterology, 2022.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi. Ichak yallig‘lanish kasalliklarini tashxislash va davolash bo‘yicha klinik protokol. – Toshkent, 2022.
5. Ng S.C., Shi H.Y., Hamidi N., Underwood F.E., Tang W., Benchimol E.I. Worldwide incidence and prevalence of inflammatory bowel disease in the 21st century: A systematic review. – The Lancet, 2020.
6. Baumgart D.C., Sandborn W.J. Inflammatory Bowel Disease: Clinical Aspects and Therapy. – The Lancet, 2018.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi. – Toshkent, 2022.