Abstract
Maqolada zamonaviy ta`lim muhitida boshlang`ich sinf o`qituvchilarida kreativlik sifatlarini oshirish yo`llari va usullari ko`rsatib o`tilgan bo`lib, har bir mahoratli o`qituvchi faoliyati davomida bolalarga bilim berishda ularning dunyoqarashini shakllantirishda, o`z fikriga, o`z maqsadlariga ega barkamol shaxslarni tarbiyalashda kreativ yondosha olishi lozimdir. Buning uchun o`qituvchilar o`z ustida muntazam ishlashi, yangi zamonaviy texnologiyalardan xabardor bo`lishi va o`quvchilarni tarbiyalashda, ularning bilim darajasini rivojlantirishda bu usullardan foydalana olishi juda muhimdir.