Abstract
Allergik rinit (AR) — burun shilliq qavatining turli xil allergenlarga organizmning immun javobi sababli yuzaga keladigan yallig‘lanishidir. Ushbu kasallik dunyoda eng keng tarqalgan surunkali holatlardan biri bo‘lib, bemorlarning kundalik hayotiga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi, uyquning buzilishi, diqqatning susayishi va umumiy ish qobiliyatining pasayishiga sabab bo‘ladi. Dunyo bo‘yicha AR bilan kasallanishning ortishi eng samarali va xavfsiz davolash usullarini izlash zarurligini ta'kidlaydi. Ushbu maqolada asosiy dori vositalari guruhlari, jumladan intranazal glyukokortikosteroidlar (INGKS), ikkinchi avlod antigistaminlari va ularning kombinatsiyalarining samaradorligi, xavfsizligi va o‘zlashtirilishi batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro ARIA (Allergic Rhinitis and its Impact on Asthma) tashabbusining dolzarb tavsiyalari ko‘rib chiqilib, shifokorlarga har bir bemorning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda eng mos terapiya usullarini tanlashda yordam beradi [1], [2]. Ma'lumotlarga ko‘ra, INGKS o‘rtacha va og‘ir AR holatlarida afzal hisoblanadi, antigistamin preparatlar esa engil holatlarda va ko‘z simptomlari ustun bo‘lgan bemorlarda samaralidir. Monoterapiya yetarli bo‘lmagan hollarda kombinatsion terapiya tavsiya etiladi.
References
1. Bousquet J. et al. Allergic Rhinitis and its Impact on Asthma (ARIA) guidelines. J Allergy Clin Immunol. 2020;145(2): 384–396.
2. Brożek JL et al. Allergic Rhinitis and its Impact on Asthma (ARIA) guidelines: 2016 revision. J Allergy Clin Immunol. 2017;140(4):950–958.
3. Canonica GW et al. New insights into antihistamines: impact of H1 receptor antagonists in allergic diseases. Allergy. 2007;62(9): 979–987.
4. Carr W. et al. A comparison of the efficacy of intranasal fluticasone and loratadine. Allergy Asthma Proc. 2001;22(4): 233–238.
5. Meltzer EO, Ratner P, Bachert C, et al. Efficacy and safety of MP29-02: a novel intranasal formulation of azelastine hydrochloride and fluticasone propionate. J Allergy Clin Immunol. 2012;129(5):1282–1289.e10.
6. Pawankar R. et al. Allergic rhinitis and its impact on asthma in Asia Pacific. Asia Pac Allergy. 2012;2(2):93–99.
7. Scadding GK. Optimal management of allergic rhinitis. Arch Dis Child. 2015;100(6):576–582.
8. Simons FE. Advances in H1-antihistamines. N Engl J Med. 2004;351(21):2203–2217.
9. Small P. et al. Rhinitis: a practical and comprehensive approach to assessment and therapy. J Otolaryngol Head Neck Surg. 2018;47(1):1–12.
10. Wallace DV et al. The diagnosis and management of rhinitis: An updated practice parameter. J Allergy Clin Immunol. 2008;122(2 Suppl):S1–84.