Abstract
(O‘zbek tilida): O‘smir tarbiyasida muhim rol o‘ynovchi uch asosiy ijtimoiy institut — oila, mahalla va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati, mavjud muammolari va bu muammolarning o‘smirning shaxsiy rivojlanishi hamda ijtimoiy moslashuviga ta’siri keng yoritilgan. Dastlab, har bir institutning o‘smir tarbiyasidagi vazifalari va o‘zaro bog‘liqligi nazariy jihatdan asoslanadi. Keyinchalik, real hayotdagi kuzatuvlar, so‘rovnomalar va suhbatlar asosida ushbu uch tomonlama hamkorlikdagi amaliy muammolar — masalan, mas’uliyatning noaniq taqsimlanishi, ota-onalar va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi yetarli muloqot yetishmasligi, mahalla faollarining tarbiyaviy jarayonda sust ishtiroki, axborot almashinuvidagi uzilishlar va tarbiyaga nisbatan yondashuvdagi tafovutlar tahlil qilinadi.
Bundan tashqari, iqtisodiy va ijtimoiy omillar, ota-onalarning bandligi yoki xorijda ishlashi, o‘smirlarning axborot texnologiyalariga ortiqcha bog‘lanib qolishi kabi tashqi muhit ta’sirida yuzaga kelayotgan yangi tarbiyaviy muammolar ham ko‘rib chiqiladi. Bobda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda takliflar beriladi: institutlar o‘rtasidagi uzviy aloqani kuchaytirish, yagona tarbiyaviy konsepsiyani shakllantirish, o‘qituvchilar, ota-onalar va mahalla faollarini birgalikdagi treninglarga jalb qilish, shuningdek, o‘smirlar bilan ishlovchi mutaxassislar salohiyatini oshirish.
References
O’zbekiston Respublikasining 2019-уil 16-dekabrdagi 595-sonli “Maktabgacha ta’lim va tarbiуa to’g’risida”gi Qonuni.
2.MAKTABGACHA TA’LIMDA: SIFAT VA SAMARADORLIK, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI Ikromova Sadoqat Majidovna
3. Karimova N. “Psixologik kompetensiya asoslari”, Toshkent, 2019.
4 . SAУDULLAYEVA NARGIS ILHOMOVNA BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING KREATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
( INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA)
5.TARBIYACHINING KASBIY KOMPETENTI VA MAHORATI: X. Meliyev, O. Jamoldinova. K. Risqulova
6.TARBIYACHILAR KASBIY MAHORAT DARAJASINI OSHIRISH VA UNING TIZIMI Solijonova Tabassumxon Alisher qizi