Abstract
Ushbu maqolada rivojlangan davlatlarda tashqi savdoning davlat tomonidan tartibga solinishi masalasi tahlil qilinadi. Maqolada tashqi savdoni boshqarish va tartibga solishning asosiy siyosiy, iqtisodiy va huquqiy vositalari ko‘rib chiqiladi. Rivojlangan davlatlar, o‘z iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, mahalliy sanoatni himoya qilish va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni saqlash maqsadida eksportni rag‘batlantirish, importni cheklash, bojxona siyosatlarini qo‘llash va savdo kelishuvlariga kirish kabi turli usullarni amalga oshiradilar. Maqolada, shuningdek, bojxona tariflari, kvotalar, subsidiyalar va boshqa savdo cheklovlari orqali tashqi savdo oqimlarini boshqarish metodlari misollar bilan yoritiladi. Xususan, AQSh, Yaponiyaning va Yevropa Ittifoqining tashqi savdo siyosatlari o‘rganilib, davlatlarning global savdo tizimidagi o‘rni va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan choralari tahlil etiladi. Ushbu maqola rivojlangan davlatlarning tashqi savdoni tartibga solish strategiyalarini va ularning iqtisodiyotga ta’sirini chuqur o‘rganishga qaratilgan.
References
1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Tashqi_savdo
2. “China overtakes US as world's largest goods trader” Financial Times
3. “Free exchange: Petrodollar profusion”. The Economist.
5. Байден Дж., Смит Гордон Х. Точка зрения. Конгресс и внешняя политика // США – Канада. Экономика, политика, культура. № 9. Ноябрь, 2000. C. 82–89.
8. https://old.uwed.uz/ru/news/fulltext/1646
9. Se-jeong, Kim. “EU-Korea FTA Will Be a Long Process: Greek Ambassador The Korea Times (19.07.2009).