Abstract
Ushbu maqolada Xorazm viloyatining sho‘rlangan va defilyatsiyaga uchragan tuproqlarida makkajo‘xori (Zea mays L.) o‘simligining o‘sishi natijasida tuproqning fizik xususiyatlarida yuz beradigan o‘zgarishlar o‘rganildi. Tadqiqot davomida tuproq zichligi, suv o‘tkazuvchanligi, agregat holati va nam sig‘imi kabi fizik ko‘rsatkichlar monitoring qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, makkajo‘xori o‘simligi sho‘r va defilyatsiyalangan tuproqlarda strukturaviy yaxshilanishlarga olib keladi, ya’ni tuproqning agregat barqarorligi ortadi, suv ushlab qolish xususiyati yaxshilanadi hamda defilyatsiyaga chidamliligi oshadi. Ushbu natijalar Xorazm viloyatida degradatsiyaga uchragan yerlar unumdorligini tiklashda makkajo‘xoridan foydalanishning istiqbolli yo‘nalish ekanligini ko‘rsatadi.
References
1. Rashidov N.R., Tillaev S.J. Tuproqshunoslik asoslari. – Toshkent: “Fan”, 2019.
2. Qodirov A.Q., Ergashov B.I. Biologik melioratsiya usullari va ularning agroekologik ahamiyati. – Toshkent: Mehnat, 2021.
3. Gafurov M.M., Umarov Sh.T. Sho‘rlangan tuproqlarda qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirish agrotexnikasi. – Urganch: Ilm ziyo, 2020.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi. Agrokimyoviy tahlil uslublari bo‘yicha metodik qo‘llanma. – Toshkent, 2018.
5. Karimov A.K., Ziyayev B.X. “Qurg‘oqchil va sho‘rlangan hududlarda makkajo‘xori ekinining o‘sish dinamikasi”. // O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi, 2022, №3, 45–49-betlar.