BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING TINGLAB TUSHUNISH KOMPETENSIYASINI ANIMATSION YONDASHUV ASOSIDA RIVOJLANTIRISH: MEXANIZMLAR VA QIYINCHILIKLAR
PDF

Keywords

Boshlang‘ich ta’lim, tinglab tushunish, kompetensiya, animatsion yondashuv, eshitish malakasi, bolalar animatsiyasi, multfilm, ingliz tili, og‘zaki nutqni rivojlantirish, vizual ta’lim, interaktiv metod, pedagogik mexanizm, o‘quv motivatsiyasi, qiyinchiliklar, ta’lim texnologiyalari.

Abstract

Global axborot asrida yosh avlodning og‘zaki nutqni tushunish, tahlil qilish va unga asoslangan fikr bildirish qobiliyati muhim kompetensiyalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf bosqichida bu ko‘nikmalarni shakllantirish, bola nutqining rivojiga, mustaqil fikrlashiga va til o‘rganishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kunda animatsion yondashuv ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilinmoqda va o‘quvchilarning tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirishda alohida o‘rin egallamoqda.

PDF