Abstract
Har gal buvim haqida o'ylasam, u kishining qaynoq tabassumi, menga yoqadigan nigohlari hayolimda gavdalanadi. Ularning bag'rida o'tgan har bir lahzam men uchun unutilmas onlar bo'lib qolgan. Odamzod bir kun kelib yaqinlarini yo'qotishini bilsa-da, ularsiz hayotini tasavvur qilishi qiyin, zero issiq jon borki, kun kelib bu dunyoni tark etadi, bu barchamizga ayon. Buviming yo'qligiga ancha vaqt bo'ldi, lekin u kishining mehri va duolari hayot yo'limni hamon chiroq kabi yoritib turibdi. "Yo'qotganingni yo'qlab topolmaysan" deganlaridek, buvim hayot bo'lmagan kundan boshlab, qadrini yanada chuqur his qila boshladim.