Abstract
Inson qadimdan atrof muhitda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirgan. Bu munosabat, avvalo, turli xatti-harakatlar, ovozlar, ehtiroslar vositasida amalga oshgan. Keyinchalik so‘zlar, so‘z yig‘indisi, raqslar his-tuyg‘ularni ifodalagan. Yana keyinroq odamlar o‘zlaricha dunyoning, tabiatning, hayvonlar, o‘simliklar, tog‘lar, suvlarning paydo bo‘lishini izohlovchi to‘qima hikoyalar o‘ylab topadilar. Yigitlar, qizlar muhabbat qo‘shiqlarini to‘qiydilar. Qabila-urug‘ning mard va jasur yigitlari haqida, ularning g‘aroyib qahramonliklari haqida afsona va rivoyatlar paydo bo‘ladi. Bularning hammasi hali yozuv madaniyati vujudga kelmasdan oldin jamoa-jamoa bo‘lib yashayotgan aholi o‘rtasida shuhrat topadi. Bugungi kunda biz ularni “xalq og‘zaki ijodi” deb atashga odatlanganmiz. Shuning uchun ham xalq og‘zaki ijodini milliy qadriyatlar deb atash odat bo‘lgan. Xalq og‘zaki ijodi ilmda folklor deb yuritiladi. Bu atamani 1846-yilda ingliz olimi Uilyam Toms taklif qilgan bo‘lib, uning ma'nosi “xalq donoligi” degan tushunchadan iborat. Aslini olganda, folklor deganda, xalq tomonidan yaratilgan hamma san’at namunalari tushuniladi. Me’morlik, naqqoshlik, ganchkorlik, zardo‘zlik, musiqa, raqs, og‘zaki adabiyot namunalari – hammasini folklor deb tushunish qabul qilingan. Har bir san’at sohasida ish olib borayotgan mutaxassis o‘zi tanlagan turni “folklor” deb atayveradi.
References
1. "Folklore va Afsonalar: O'zbek Xalq Og'zaki Ijodiyoti" (Mavzu bo'yicha ilmiy kitob)
2. "Kulgi va Satira: Tilning Ijodiy Quvvati" (Mavzu bo'yicha ilmiy maqola)
3. "Latifalar va Madaniyat: O'zaro Aloqa" (Mavzu bo'yicha ilmiy maqola)
4. "Tilning Ijodiy Imkoniyatlari: So'z O'yinlari va Hazil" (Mavzu bo'yicha ilmiy maqola)
5. "Latifalar va Ijtimoiy-Madaniy O'zgarishlar" (Mavzu bo'yicha ilmiy maqola)
6. "Jahon Folklorshunosligi: Tarix va Zamonaviy Tendentsiyalar" (Mavzu bo'yicha ilmiy kitob)