Abstract
Ismoiliylik IX asrda shia islomining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida shakllangan bo‘lib, uning asosiy g‘oyalari Imom Ismoil ibn Ja’far nomi bilan bog‘liq. Ushbu yo‘nalish boshqa shia oqimlaridan farqli ravishda yashirin da’vat (da’wa) tizimi, ta’vil (ramziy tafsir) usuli va imomlik konsepsiyasiga katta e’tibor qaratgan. Ismoiliylik dastlab Abbosiy xalifaligiga muxolifat sifatida shakllandi va IX—X asrlarda ta’limoti chuqurlashib, siyosiy jihatdan kuchaygan. X asrda Fatimiylar xalifaligi barpo etilishi bilan Ismoiliylik rasmiy mafkura darajasiga ko‘tarildi va ta’limotining asosiy tamoyillari shakllandi. Bu tamoyillar orasida Imomning ma’naviy va dunyoviy hokimiyati, bilimning ichki mohiyatini anglash (botiniy tafsir) va da’vat tizimining rivojlanishi muhim o‘rin tutadi. Ismoiliylarning falsafiy qarashlari neoplatonizm, gnostitsizm va shia ilohiyotidan ta’sirlangan bo‘lib, ular olamning yaratilishi, bilimning mohiyati va ruhiy poklanish kabi masalalarni o‘ziga xos tarzda talqin qilganlar. Alamut davrida (XI—XIII asr) ismoiliylik ta’limoti yangi bosqichga o‘tib, harbiy-siyosiy faoliyat bilan uyg‘unlashgan va ta’lim jarayonida ham rivojlangan. Shunday qilib, Ismoiliylik nafaqat diniy oqim, balki o‘ziga xos falsafiy va siyosiy ta’limot sifatida shakllanib, o‘rta asrlar islom olamida muhim iz qoldirgan.
References
1. Farhad daftary and Azim Nanji. what is shia islam. – London: The Institute of Ismaili Studies. 2022. – 36 p.
2. Farhad Daftary. A history of shi’i Islam. // The Institute of Ismaili Studies. London, 2013. – 336 p.
3. Tamara Sonn, Adam Farrar. Kharijites. // Oxford University press. 2006. – 342 p.
4. Mohammad Ali Amir-moezzi and Chritian Jambet. What is Shii islam? An Introduction. – France: University of Sorbonne. 2009. – 218 p.
5. Najam Haider. Shi’i islam:An Introduction. // Cambridge university press. 2014. – 254 p.
6. Farhad Daftary. The ismaili Imams. // monograph. the Institute of Ismaili studies. 2020. – 297 b.
7. Sayyed Hossein Nasr. Shi’ite islam. // state university of New York press. 1975.− 218 p.
8. Ayatollah Ja’far Sobhani. Doctrines of Shia islam. // the Institute of Ismaili studies. London, 2001.− 263 p.
9. Najam Haider. The article. Zaydism: A theological and Political survey. – USA: Columbia university. 2010.− 7 p.
10. Fadi Fahes. A Thesis. Californiya State University. Social utopia in tenth century islam the Qarmatian experiment. //Califormia state university. 2018.− 68 p.
11. Farhad Daftary. The Ismilis. // The institute of ismaili studies. London, 2010. −798 p.
12. John Mchugo. A concise history of sunnis and shi’is. // UK in 2017. – 322 p.
13. Azim Nanji. What is shi’a islam. // 2004.− 254 p.
14. Hamid Mavani. Religious authority and political thought in twelver shi’ism: from Ali to post-Khomeini. // New York, 2013.− 288 p.
15. Etan Kohlberg. The article. From Imammiya to ithna ashariyya. – UK: Cambridge university press. 2012.− 15 p.
16. John Esposito and Emad El-Din Shahin. Key Islamic political thinkers. //
Oxford university press. 2018.− 267 p.