Abstract
Audiovizual materiallar til o‘rganuvchilarning o‘qitilayotgan tilga nisbatan ishtiyoq va qiziqishlarini oshirishning asosiy omillaridan biridir. Shu bilan birga, audiovizual materiallar ularning til o‘rganish va o‘zlashtirish jarayonidagi irodasini tarbiyalashga ham xizmat qiladi. Psixologlarning ta’biri bilan aytganda, irodani shakllantirish koʻzlangan maqsadga erishishda oʻz faoliyatini ongli tashkil etish, faoliyat jarayonida uchragan qiyinchiliklarni bartaraf etish vositalarini, usullarini izlashni taqozo etadi.