Abstract
Ushbu maqolada Alisher Navoiy ijodining ahamiyati va uning o‘lmas qadriyatlari tahlil qilinadi. Navoiy nafaqat buyuk shoir, balki mutafakkir va davlat arbobi sifatida ham o‘zbek adabiyoti va madaniyatida muhum o‘rin tutadi. Uning asarlari insonparvarlik, adolat, ma’rifat, muhabbat va vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qiladi. Shoirning o‘zbek tilini rivojlantirishdagi hissasi, turkiy adabiyotning yuksalishiga qo‘shgan ulkan hissasi ham yoritiladi. Uning “Xamsa” dostonlari, lirik g‘azallari va ilmiy-falsafiy asarlari Sharq adabiyotining yuksak namunalaridan hisoblanadi. Navoiy merosi faqat adabiy qimmatga ega bo‘lib qolmay, balki milliy o‘zlik, ma’naviyat va qadriyatlarimizni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada shoirning ijodiy merosi, uning tasavvuf, falsafiy va axloqiy qarashlari hamda bugungi kunda ham dolzarbligini saqlab qolgan qadriyatlari yoritiladi.
References
1-Alisher Navoiy. Imom Buxoriy Xalqaro Ilmiy Tadqiqot Markazi: 2022.
2-Alisher Navoiy. O‘zbekistondagi Islom Sivilizatsiyasi Markazi: 2022.
3-Buyuk Ajdodlarimiz. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti: 2010.
4-Buyuk Ajdodlarimiz. O‘zbekiston Matbuot va axborot agintligining O‘zbekiston nashriyoti: 2010.
5-Alisher Navoiy. Yangi asr avlodi: Toshkent, 2019.