Abstract
Mazkur maqolada raqamli reklamalardan charchash hodisasi, uning iste’molchi ishonchi va xarid qilish niyatiga ta’siri hamda sun’iy intellekt yordamida yaratilgan virtual blogerlarning reklama faoliyatidagi imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi va ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalishi korxonalarga iste’molchilar bilan muloqot qilishning yangi usullarini taqdim etmoqda. Biroq reklama xabarlarining ortiqcha takrorlanishi, foydalanuvchi faoliyatiga xalaqit berishi va tijoriy kontentning ko’payishi reklamalarga nisbatan salbiy munosabatni shakllantirishi mumkin. Shu sharoitda virtual blogerlar brendlar uchun innovatsion kommunikatsiya vositasi sifatida namoyon bo’lmoqda. Maqolada ularning kontent ishlab chiqarish, brendning raqamli obrazini shakllantirish, auditoriyani jalb qilish va reklama kompaniyalarini moslashtirish imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, virtual blogerlarning ishonchligi , haqiqiylik masalasi, iste’molchini chalg’itish xavfi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va reklama shaffofligi kabi muammolar o’rganiladi. Tadqiqot mavjud ilmiy adabiyotlar va ikkilamchi manbalarni tahlil qilishga asoslanadi. Yakunda reklama charchog’ini kamaytirish, virtual blogerlardan samarali foydalanish va brend bilan iste’molchi o’rtasidagi uzoq muddatli ishonchni mustahkamlash bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
References
1. Cho, C. – H.,&Cheon, H.J. 2004. Why do people avoid advertising on the internet ? Journal of advertising , 33 [4] 89-97
2. Song,X ., Lu, Y., & Yang, Q. 2024. The negative effect of virtual endorsers on brand authenticity. Journal of Business Research.
3. Dondapati, A., & Dehury, R.K.2024 Virtual vs. Human Influncers. Computers in Human Behavior: Artificial Humans, 2