RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING DIDAKTIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI
PDF

Keywords

raqamli ta’lim muhiti, didaktik ijodkorlik, bo‘lajak o‘qituvchi, raqamli kompetensiya, pedagogik texnologiya, generativ sun’iy intellekt, multimodal dizayn

Abstract

Maqolada raqamli ta’lim muhitining bo‘lajak o‘qituvchilar didaktik ijodkorligini rivojlantirishdagi funksional imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot integrativ adabiyotlar tahlili, funksional xaritalash va konseptual modellashtirish metodlariga asoslangan. Natijada raqamli vositalarni “texnologiyadan foydalanish” darajasida emas, balki didaktik g‘oya yaratish, prototiplash, hamkorlikda tahrirlash, multimodal kontent ishlab chiqish, o‘quv jarayonini simulyatsiya qilish va refleksiv qayta dizaynni qo‘llab-quvvatlovchi ijodiy funksiyalar bo‘yicha tanlash modeli ishlab chiqildi. Raqamli didaktik ijodkorlikning mazmun, format, o‘zaro ta’sir va baholashni qayta kombinatsiyalash orqali yuzaga chiqishi asoslandi. Shuningdek, generativ sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishda inson markazli nazorat, manba tekshiruvi va pedagogik maqsadning ustuvorligi zarurligi ko‘rsatildi.

PDF

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. Lex.uz.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son Farmoni. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida. Lex.uz.

3. OECD. (2019). OECD Learning Compass 2030. Future of Education and Skills 2030. Paris: OECD.

4. UNESCO. (2018). UNESCO ICT Competency Framework for Teachers. Version 3. Paris: UNESCO.

5. Shabbazova, N.X. (2026). Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlashda ijodkorlikni rivojlantirish: xorijiy tajriba va milliy model. Maktabgacha va maktab ta’limi, 9(1), 398–402. https://doi.org/10.5281/zenodo.22676660

6. Shabbazova, N.X. (2026). Pedagogical opportunities for developing students’ didactic creativity in the context of a pedagogical education cluster. Science and Innovation, 5(3), 405–413. https://doi.org/10.5281/zenodo.23415270

7. UNESCO. (2023). Guidance for Generative AI in Education and Research. Paris: UNESCO.

8. Getenet, S., Haeusler, C., Redmond, P., Cantle, R., et al. (2024). First-year preservice teachers’ understanding of digital technologies and their digital literacy, efficacy, attitude, and online learning engagement: Implication for course design. Technology, Knowledge and Learning, 29, 1359–1383. https://doi.org/10.1007/s10758-023-09724-z

9. Dönmez Usta, N., Turan Güntepe, E., & Durukan, Ü. G. (2024). Examining the self-efficacy of pre-service science teachers concerning digital material development, technology integration, and educational standards. Open Praxis, 16(3), 410–428.