Abstract
Maqolada Erkin Vohidovning “Nega yapon yuz yil yashar-u…” she’ri o‘zbek xalqining nomoddiy madaniy merosini aks ettiruvchi badiiy-etnografik manba sifatida tahlil qilinadi. She’rdagi osh, to‘y, motam, bayram marosimlari, mehmondo‘stlik, mahalla va jamoaviy birdamlik kabi unsurlar yoritilgan. Muallif shoir an’analarni shunchaki madh etmay, ularning isrofgarchilik, obro‘talablik va ijtimoiy bosimga aylanishini tanqid qilishini ko‘rsatadi. Xulosada nomoddiy merosni asrash uni o‘zgarishsiz saqlash emas, uning insoniy va ma’naviy mazmunini saqlagan holda zamonaviy sharoitga moslashtirish kerakligi ta’kidlanadi.