Abstract
Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekistonning sug‘oriladigan va lalmikor tuproq-iqlim sharoitlarida ekish muddatlarining no‘xat (Cicer arietinum L.) ekinining o‘sishi, rivojlanishi, simbiotik faolligi hamda don hosildorligiga ta’siri atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotda ertangi, maqbul (optimal) va kechki ekish muddatlarida tuproq harorati va namligining urug‘larning unib chiqishi, tomir tizimining shakllanishi hamda tuganak bakteriyalar (Rhizobium ciceri) simbioziga ko‘rsatadigan ta’siri tajriba ma’lumotlari va matematik-statistik tahlillar asosida asoslab berilgan. Ilmiy manbalar va eksperimental natijalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, erta bahorgi maqbul muddatda (tuproqning 0–10 cm qatlamida harorat +6...+8 °C ga еtganda) ekilgan no‘xat maysalari optimal vegetatsiya davrini o‘taydi, ildiz tizimi chuqur kirib boradi hamda yozgi anomal issiq (havo harorati +38...+42 °C) va havo qurg‘oqchilligi boshlangunga qadar gullash va meva tugish faza-bosqichlarini yakunlaydi. Natijada, don hosildorligi kechki muddatlarga nisbatan 28,5–36,2% ga yuqori bo‘lishi va dondagi oqsil miqdori 23,8–25,4% gacha еtishi isbotlangan.
References
1. FAO. (2022). The State of Food Security and Nutrition in the World 2022. Food and Agriculture Organization of the United Nations, Rome. – pp. 45–62.
2. Merga, B., Haji, J. (2019). Economic importance of chickpea (Cicer arietinum L.) production and its limitation in Ethiopia. Journal of Agricultural Economics and Rural Development, 5(2), 578–587.
3. Jukanti, A. K., Gaur, P. M., Gowda, C. L., Chibbar, R. N. (2012). Nutritional quality and health benefits of chickpea (Cicer arietinum L.): a review. British Journal of Nutrition, 108(S1), S117–S126.
4. Gaur, P. M., Tripathi, S., Gowda, C. L., Ranga Rao, G. V., & Sharma, H. C. (2010). Chickpea Seed Production Manual. ICRISAT, Patancheru, India. – 40 p.
5. Abdukarimov, D. T., Xolikov, B. M. (2018). O‘zbekistonda dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi masalalari. Toshkent: "Fan va texnologiya" nashriyoti. – 184 b.
6. Yuldashev, R. A., Mavlonov, B. S. (2020). Dukkakli-don ekinlarini еtishtirish texnologiyasi va ularning tuproq unumdorligiga ta’siri. O‘zbekiston Qishloq Xo‘jaligi Jurnali, №4, 22–25-b.
7. Siddique, K. H. M., Loss, S. P. (1999). Studies on sowing dates and plant densities of chickpea (Cicer arietinum L.) in Mediterranean-type environments. Field Crops Research, 64(3), 219–230.
8. Devasirvatham, V., Gaur, P. M., Mallikarjuna, N., Raju, T. N., Trethowan, R. M. (2012). Effect of high temperature on pollination and seed set in chickpea. Functional Plant Biology, 39(8), 698–709.
9. Методика государственного испйтания селскокҳозяйственнйкҳ култур. (1989). Вйпуск второй. Зерновйе, зернобобовйе, кормовйе и масличнйе културй. Москва: Колос. – 194 с.
10. Посйпанов, Г. С. (1991). Методй изучения биологической фиксатсии азота атмосферй. Москва: Агропромиздат. – 300 с.
11. Ничипорович, А. А. (1988). Фотосинтетическая деятелност растений в посевакҳ. Москва: Издателство АН СССР. – 132 с.
12. ГОСТ 10846-91. Зерно и продуктй его переработки. Метод определения белка. Москва: Стандартинформ. – 12 с.
13. Доспекҳов, Б. А. (1985). Методика полевого эксперимента (с основами мекҳанизированной обработки резултатов исследований). 5-е изд. Москва: Агропромиздат. – 351 с.
14. Anvarov, O. A., Tursunov, S. Sh. (2021). No‘xat navlarining hosildorligiga ekish muddatlari va me’yorlarining ta’siri. Agro Ilm — O‘zbekiston Qishloq Xo‘jaligi Jurnali ilovasi, №3(73), 14–16-b.
15. Kumar, S., Thakur, P., Kaushal, N., & Nayyar, H. (2020). Effect of heat stress on reproductive growth and grain yield in chickpea genotypes. Environmental and Experimental Botany, 171, 103950.
16. Singh, A. (2022). Integrated weed and crop management in chickpea (Cicer arietinum L.) under changing climate scenarios. Agronomy Journal, 114(2), 1102–1115.
17. Hamidov, A. K., Ismoilov, M. I. (2019). Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarda dukkakli ekinlar tuganak bakteriyalari simbiozi va azot fiksatsiyasi. O‘zbekiston Tuproqshunoslik va Agrokimyo Jurnali, №1, 41–45-b.