Abstract
Sun'iy intellekt zamonaviy tibbiyotda, xususan ginekologik amaliyotda, shifokorlarga yordamchi va hamkor sifatida faol joriy etilmoqda. Ushbu maqolada tuxumdon, ko'krak bezi va bachadon bo'yni saratoni, shuningdek policistoz tuxumdonlar sindromini diagnostika qilish va davolashda mashinaviy o'rganish usullarining samaradorligi tahlil qilinadi, xorijiy va o'zbek tadqiqotchilarining qarashlari qiyosiy baholanadi. Sohada mavjud metodologik, etik va infratuzilmaviy muammolar ko'rib chiqiladi hamda ularni bartaraf etishning zamonaviy yondashuvlari taklif etiladi. Xulosa qilib aytganda, sun'iy intellekt shifokorning o'rnini bosa olmaydi, biroq diagnostik aniqlikni sezilarli darajada oshirish salohiyatiga ega.