BOLALAR VA O‘SMIRLAR ORASIDA ORTIQCHA VAZN VA SEMIZLIK TARQALISHI, XAVF OMILLARI VA ASORATLARI
PDF

Keywords

ortiqcha vazn, semizlik, bolalar, o‘smirlar, tana massasi indeksi, xavf omillari, asoratlar, profilaktika, O‘zbekiston.

Abstract

Ushbu maqolada bolalar va o‘smirlar orasida ortiqcha vazn va semizlikning global tarqalishi, asosiy xavf omillari hamda asoratlari ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqot davomida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, UNICEF, World Obesity Federation va boshqa xalqaro tashkilotlarning so‘nggi hisobotlari hamda ilmiy maqolalar o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, 1990–2022 yillar oralig‘ida bolalar va o‘smirlar orasida semizlik darajasi to‘rt baravar oshgan bo‘lib, bu tendentsiya global miqyosda davom etmoqda . Asosiy xavf omillari sifatida noto‘g‘ri ovqatlanish, yuqori darajada qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish va jismoniy faollikning yetarli emasligi aniqlangan . Semizlik bolalarda yurak-qon tomir kasalliklari, 2-tip qandli diabet, tayanch-harakat tizimi kasalliklari hamda ruhiy salomatlik muammolari rivojlanish xavfini oshiradi . O‘zbekistonda ham bolalar va o‘smirlar orasida ortiqcha vazn va semizlikning tarqalishi ortib borayotgani qayd etilgan bo‘lib, 2010–2022 yillar oralig‘ida 5–19 yoshdagi bolalarda ushbu ko‘rsatkich 15 foizdan 19 foizgacha oshgan . Maqolada profilaktik chora-tadbirlar bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.

PDF

References

1. World Health Organization. Obesity and overweight. Geneva: World Health Organization; 2025.

2. World Health Organization. Obesity. Geneva: World Health Organization; 2025.

3. NCD Risk Factor Collaboration. Worldwide trends in underweight and obesity from 1990 to 2022: a pooled analysis of population-based studies involving 220 million participants. The Lancet. 2024;403:1027–1050.

4. UNICEF. Childhood Overweight and Obesity Advocacy Guidance. New York: United Nations Children's Fund; 2021.

5. Ibragimov M, Shamansurova Z. Trends in overweight and obesity among children and adolescents in Uzbekistan. European Journal of Endocrinology. 2026;195:i561.

6. World Health Organization. Noncommunicable diseases: key facts. Geneva: World Health Organization; 2024.

7. UNICEF Uzbekistan. Assessment of School Nutrition Environments in Uzbekistan. Tashkent: UNICEF Uzbekistan; 2022.

8. UNICEF Uzbekistan. National Nutrition Survey in Uzbekistan. Tashkent: UNICEF Uzbekistan; 2019.

9. Baur LA, Lobstein T, Uauy R. Obesity in children and young people: a crisis in public health. Obesity Reviews. 2019;20(S1):4–14.

10. Kyrkili A, Saltaouras G, Bountziouka V, et al. Dietary patterns and risk of childhood overweight/obesity: A systematic review and meta-analysis. Proceedings of the Nutrition Society. 2024.

11. World Bank. Obesity: Health and Economic Consequences of an Emerging Challenge. Washington DC: World Bank; 2020.

12. Xudaynazarova S, Kuryazova S, Ilxomova H. Bashlangich maktab yoshidagi bolalarda ortiqcha tana og‘irligida yurak-qon tomirlar tizimi holati. International Journal of Scientific Pediatrics. 2025;4(5):1089–1092.