Abstract
Ushbu maqolada tarixiy romanlar turkumida Temuriy shahzodalar va saroy xonimlari obrazlarining yaratilishi, ularning tarixiy-badiiy talqini hamda obrazlar tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Temuriylar davri tarixiy voqealari, saroy hayoti, sulolaviy munosabatlar va davlat boshqaruvi jarayonlarining shahzodalar hamda saroy xonimlari obrazlari orqali badiiy ifodalanish xususiyatlari yoritiladi. Maqolada shahzodalarning hukmdor avlodi, davlat arbobi, sarkarda va inson sifatidagi qiyofalarini yaratishda tarixiy manbalar hamda badiiy to‘qimaning o‘zaro munosabati ko‘rib chiqiladi. Temuriy shahzodalar va saroy xonimlari obrazlarining individual xarakteri, ruhiy kechinmalari, ma’naviy-axloqiy qarashlari hamda tarixiy shaxslar bilan munosabatlari ochib beriladi. Romanlar turkumida ushbu obrazlarning o‘zaro munosabati orqali temuriylar davrining ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-madaniy muhitini badiiy gavdalantirish imkoniyatlari yoritiladi.
References
1. Дюма A. Принципи сравнительного литературуроведения. –Москва: Прогресс, 1977. – С. 121.
2. Ёқубов И. Мустақиллик даври ўзбек романлари поэтикаси. – Тошкент: Nurafshon business, 2021. –Б. 66-69.
3. Муҳаммад Али. Улуғ салтанат –( Шоҳруҳ Мирзо) 4- китоб.– Тошкент: Наврўз, 2019. –Б. 476.
4. Ёқубов И. Бадиий матн ва эстетик талқин. – Тошкент: ТДПУ, 2013. –Б. 35