Abstract
Mazkur maqolada Ismoiliylarning siyosiy-mafkuraviy tizimi va uning Eron davlatchiligi taraqqiyotidagi o‘rni qiyosiy-tahliliy yondashuv asosida tadqiq etiladi. Tadqiqotda XI–XIII asrlarda Alamut markazida shakllangan Nizoriy Ismoiliylar siyosiy tizimining asosiy xususiyatlari, xususan, imomat konsepsiyasi, da’vat ierarxiyasi, botiniy talqin, taqiyya va siyosiy-harbiy boshqaruv mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, Ismoiliylar tizimi Safaviylar, Qojarlar va Pahlaviylar sulolalari hamda zamonaviy Eron Islom Respublikasi siyosiy-mafkuraviy tizimi bilan qiyoslanadi. Tadqiqotda diniy legitimatsiya, hokimiyatning markazlashuvi, shialikning davlat boshqaruvidagi o‘rni va diniy-siyosiy institutlarning o‘zaro munosabati asosiy tahlil mezonlari sifatida olinadi. Ayniqsa, Nizoriy Ismoiliylardagi tirik Imom konsepsiyasi bilan zamonaviy Eron siyosiy tizimining asosini tashkil etuvchi veloyat-e faqih nazariyasi o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlarga e’tibor qaratiladi. Natijada Ismoiliylar siyosiy-mafkuraviy tizimining Eron siyosiy tafakkuri va davlat qurilishi tarixidagi o‘rni, shuningdek, uning keyingi davrlardagi bevosita va bilvosita namoyon bo‘lish shakllari aniqlanadi.
References
1. Shiraz Ali Hajiani. Reconstructing Alamut: New approaches to the study of the Qiyama and the Nizari policy in Iran. – Chicago.: 2019. – P. 472.
2. Abisaab Rula Jurdi. Converting Persia: Religion and Power in the Safavid Empire. – London – New York.: I.B. Tauris, 2004. – P. 87.
3. Newman Andrew. Twelver Shiism: Unity and Diversity in the Life of Islam, 632–1722. – Edinburgh.: Edinburgh University Press, 2013. – P.132.
4. Moazzen Maryam. Formation of a Religious Landscape: Shi’i Higher Learning in Safavid Iran. – Leiden –Boston.: Brill, 2018. – P. 128.
5. Gleave Robert. Religion and Society in Qajar Iran. – London – New York.: Routledge, 2005. – P. 131.
6. Richard Yann. Iran: A Social and Political History since the Qajars. – Cambridge.: Cambridge University Press, 2019. – P. 52.
7. Chehabi Martin. Iran’s Constitutional Revolution: Popular Politics, Cultural Transformations and Transnational Connections. – London.: Tauris, 2010. – P. 137.
8. Moazami Behrooz. State, Religion, and Revolution in Iran, 1796 to the Present. – New York.: Macmillan, 2013. – P. 88