MAKTAB – OTM – KORXONA INTEGRATSIYASI ASOSIDA KASBHUNARGA YOʻNALTIRISH SAMARADORLIGINI BAHOLASH: OʻZBEKISTON MISOLIDA STATISTIK TAHLIL
PDF

Keywords

kasb-hunarga yoʻnaltirish, maktab–OTM–korxona integratsiyasi, dual taʼlim, kasbiy taʼlim qamrovi, NEET, natijaviy indikatorlar, inson kapitali.

Abstract

Maqolada Oʻzbekistonda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini kasb-hunarga yoʻnaltirish tizimining 2023–2026-yillardagi holati «maktab – oliy taʼlim muassasasi – korxona» uch tomonlama integratsiyasi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqot Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kasbiy taʼlim agentligi hamda Milliy statistika qoʻmitasining ochiq rasmiy maʼlumotlariga asoslangan hujjatli tahlil va deskriptiv statistika usullari yordamida amalga oshirildi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, kasbga yoʻnaltirishning qamrov koʻrsatkichlari keng (1,8 mln nafardan ortiq oʻquvchi), biroq bevosita kasbiy tayyorgarlik ulushi umumiy oʻquvchilar sonining atigi 0,26 foizini tashkil etadi; 9-sinf bitiruvchilarining 21,5 foizi kasb-hunar maktabiga hujjat topshirgani holda, ulardan atigi 10,5 foizi dual taʼlimni tanlagan. Muallif tomonidan tizimning eng jiddiy metodologik boʻshligʻi aniqlandi: respublika miqyosida uch tomonlama integratsiyani baholovchi yagona statistik indikator yuritilmaydi. Shu asosda «kirish – jarayon – natija – taʼsir» mantiqiga tayangan baholash modeli va oʻn ikki mezonli indikatorlar tizimi taklif etilgan.

PDF

References

Eichhorst, W., Rodríguez-Planas, N., Schmidl, R., & Zimmermann, K. F. (2015). A road map to vocational education and training in industrialized countries. ILR Review, 68(2), 314–337. https://doi.org/10.1177/0019793914564963

2. Hooley, T., Sultana, R. G., & Thomsen, R. (Eds.). (2018). Career guidance for social justice: Contesting neoliberalism. Routledge.

3. Kasbiy taʼlim agentligi. (2026). 2025-yil natijalari [Hisobot]. https://gov.uz/oz/kasbiytalim/pages/hisobotlar_

4. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi. (2026). Sarhisob brifingi: 2025-yil yakunlari. https://gov.uz/oz/uzedu/news/view/114278

5. Mann, A., Denis, V., & Percy, C. (2020). Career ready? How schools can better prepare young people for working life in the era of COVID-19 (OECD Education Working Papers No. 241). OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/e1503534-en

6. Milliy statistika qoʻmitasi. (2025). Barqaror rivojlanish maqsadlari: mehnat bozori va yoshlar bandligi indikatorlari. https://ns1.stat.uz/uz/goal/11

7. Musset, P., & Kurekova, L. M. (2018). Working it out: Career guidance and employer engagement (OECD Education Working Papers No. 175). OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/51c9d18d-en

8. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi. (2025). 2024-yilda kasbiy taʼlim boʻyicha amalga oshirilgan ishlar raqamlarda. https://gov.uz/oz/edu/news/view/32019

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti. (2025). Kasbiy taʼlim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-316-son qarori, 23-oktabr). https://lex.uz/uz/docs/-7793420

10. Stufflebeam, D. L. (2003). The CIPP model for evaluation. In T. Kellaghan & D. L. Stufflebeam (Eds.), International handbook of educational evaluation (pp. 31–62). Springer.