TA’LIM XIZMATLARI SIFATINI MA’LUMOTLARGA ASOSLANGAN BAHOLASH: INTEGRAL INDEKS MODELI VA UNING OCHIQ MA’LUMOTLAR BILAN TA’MINLANGANLIGI
PDF

Keywords

ta’lim sifati, integral indeks, ma’lumotlar sifati, akkreditatsiya, milliy reyting, vazn sezgirligi, ochiq ma’lumotlar, HEMIS.

Abstract

Maqolada ta’lim xizmatlari sifatini ma’lumotlarga asoslangan baholashning integral indeks modeli (TSBI) ishlab chiqilgan va uni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyati tekshirilgan. Model yetti blokdan iborat bo‘lib, ma’lumotlar sifati indeksi (MSI) kirish filtri sifatida xizmat qiladi. Tadqiqotda ochiq manbalarga tayanib ma’lumotlar mavjudligi auditi o‘tkazilgan va senariy tahlili amalga oshirilgan. Natijalar indeks bloklarining vazn bo‘yicha atigi 65 foizi ochiq ma’lumotlar bilan ta’minlanganini, bitiruvchilar natijalari va inklyuzivlik bloklari bo‘yicha muntazam ochiq statistika mavjud emasligini ko‘rsatdi. Mavjud bloklar asosidagi shartli TSBI qiymati 51,9 ballni tashkil etib, vaznlarni o‘zgartirish natijasida 43,9–66,2 oralig‘ida tebranadi (22,3 punkt). Amaldagi monitoring metodikasi asosida hisoblangan agregat baho esa 77,8 ballga teng bo‘lib, TSBI natijasidan 25,9 punktga yuqori. Bu tafovut amaldagi indikatorlar majmuasida yakuniy o‘quv natijasi vaznining pastligi bilan izohlanadi.

PDF

References

ENQA. (2015). Standards and guidelines for quality assurance in the European Higher Education Area (ESG). European Association for Quality Assurance in Higher Education. https://www.enqa.eu/esg-standards-and-guidelines-for-quality-assurance-in-the-european-higher-education-area/

2. European Commission. (n.d.). EQAVET framework. Directorate-General for Employment, Social Affairs and Inclusion. https://employment-social-affairs.ec.europa.eu/policies-and-activities/skills-and-qualifications/working-together/eqavet-european-quality-assurance-vocational-education-and-training/about-eqavet/eqavet-framework_en

3. OECD. (2023a). PISA 2022 results (Volumes I and II): Country notes — Uzbekistan. OECD Publishing. https://www.oecd.org/en/publications/pisa-2022-results-volume-i-and-ii-country-notes_ed6fbcc5-en/uzbekistan_2bb94bf1-en.html

4. OECD. (2023b). Monitoring and evaluation of digital education. In Shaping digital education. OECD Publishing. https://www.oecd.org/en/publications/shaping-digital-education_bac4dc9f-en/full-report/component-12.html

5. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi. (2024). Oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim sifati samaradorligi bo‘yicha monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumot. https://gov.uz/oz/edu/news/view/28195

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2025). Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida (PF-76-son Farmon). https://lex.uz/uz/docs/-7513052

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2026). Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida (PF-58-son Farmon). https://lex.uz/uz/docs/-8129755

8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2025). Ta’lim tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tizimini joriy etish to‘g‘risida (498-son qaror). https://lex.uz/uz/docs/-7671324

9. Saaty, T. L. (1980). The analytic hierarchy process: Planning, priority setting, resource allocation. McGraw-Hill.

10. UNESCO. (2025). Education management information systems progress assessment tool: A methodological guide. UNESCO. https://www.unesco.org/en/articles/education-management-information-systems-progress-assessment-tool-methodological-guide-educational