Abstract
Mazkur maqolada Abdurauf Fitrat sheʼriyatidagi ijtimoiy-siyosiy mazmun badiiy-estetik hamda tarixiy-adabiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda shoir ijodida milliy ozodlik gʻoyasi, istiqlol, maʼrifatparvarlik, xalq taqdiri, siyosiy-ijtimoiy adolatsizlik va maʼnaviy uygʻonish kabi mavzularning badiiy talqini yoritiladi. Fitrat sheʼrlarida ramz, timsol, metafora va poetik obrazlar orqali davrning murakkab ijtimoiy-siyosiy voqeliklari qanday aks ettirilgani tahlil etiladi. Shuningdek, shoirning poetik qarashlari jadidchilik mafkurasi, milliy uygʻonish harakati va XX asr boshlaridagi tarixiy jarayonlar bilan uzviy bogʻliqlikda baholanadi. Tadqiqot natijasida Fitrat sheʼriyati nafaqat yuksak badiiy hodisa, balki milliy oʻzlikni anglash, ijtimoiy tafakkurni shakllantirish va ozodlik gʻoyalarini targʻib etishda muhim maʼnaviy-estetik manba ekanligi asoslanadi.
References
Abdirashidov, Z. Known and Unknown Fiṭrat: Early Convictions and Activities // Acta Slavica Iaponica. – 2016. – Vol. 37. – P. 103-118.
2. Boltaboyeva, H.H. Fitratning xorijiy publitsistikasida ijtimoiy-siyosiy masalalar // Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural and Social Sciences. – 2021. – Vol. 1, Special Issue 2. – B. 130-139.
3. Abdirashidov, Z. ʻAbdurraʻuf Fitrat in Istanbul: Quest for Freedom. – Berlin-Boston: De Gruyter, 2023. – 72 p.
4. Bhattacharya, N. Abdurrauf Fitrat & His Contribution to the Jadid Cultural Tradition // Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural and Social Sciences. – 2022. – Vol. 2, Special Issue 25. – P. 353-362.
5. Khalid, A. Making Uzbekistan: Nation, Empire, and Revolution in the Early USSR. – Ithaca-London: Cornell University Press, 2015.
6. Fitrat, A. Tanlangan asarlar. 1-jild: Sheʻrlar, nasriy asarlar, dramalar / Nashrga tayyorlovchi H. Boltaboyev. – Toshkent: Maʻnaviyat, 2000. – 256 b.
7. Baqoyeva, M.Sh. Fitrat va badiiy tafakkur tadriji: magistrlik dissertatsiyasi. – Buxoro: Buxoro davlat universiteti, 2011. – 72 b.
8. Hamroyeva, O. Fitratning adabiyotshunoslikka oid qarashlari: monografiya. – Toshkent: Bookmany print, 2023. – 84 b.