Abstract
ushbu maqolada sport kolleji o‘quvchilarida generativ sun’iy intellekt kompetensiyasini baholash mezonlari va indikatorlarini takomillashtirish masalasi tadqiq etilgan. Generativ sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim jarayoniga jadal integratsiyalashuvi sharoitida o‘quvchilarning mazkur vositalardan foydalanish kompetensiyasini faqat texnik ko‘nikmalar asosida baholash yetarli emasligi asoslangan. Mavjud ilmiy-metodik yondashuvlar va sun’iy intellekt kompetensiyasiga oid xalqaro konsepsiyalar tahlili asosida sport kolleji o‘quvchilari uchun generativ sun’iy intellekt kompetensiyasining kognitiv-axborot, operatsion-texnologik, tanqidiy-refleksiv, kasbiy-amaliy hamda axloqiy-huquqiy komponentlari ajratilgan. Mazkur komponentlarga muvofiq 5 ta baholash mezoni va 20 ta diagnostik indikator taklif etilgan. Har bir indikatorni 0–3 ball oralig‘ida baholash asosida maksimal 60 ballik integral baholash tizimi ishlab chiqilgan. Kompetensiyaning umumiy darajasini aniqlash uchun natijalarni foiz ko‘rinishiga keltiruvchi integral koeffitsiyent taklif etilgan. Namunaviy hisob-kitobda o‘quvchining umumiy natijasi 45 ball yoki 75,0 foizni tashkil etgan, komponentlar kesimida esa 58,3–83,3 foiz oralig‘idagi farqlar aniqlangan. Taklif etilgan metodika o‘quvchilarning generativ sun’iy intellektdan foydalanish holatini kompleks diagnostika qilish, kuchli va rivojlantirilishi zarur bo‘lgan kompetensiya komponentlarini aniqlash hamda sport ta’limida generativ sun’iy intellektdan maqsadli, tanqidiy va mas’uliyatli foydalanishni baholash imkonini beradi.
References
1. UNESCO. (2024). AI Competency Framework for Students. Paris: UNESCO.
2. Miao, F., & Holmes, W. (2023). Guidance for Generative AI in Education and Research. Paris: UNESCO.
3. Miao, F., Shiohira, K., & Lao, N. (2024). AI Competency Framework for Students. UNESCO.
4. Carolus, A., Koch, M., Straka, S., Latoschik, M. E., & Wienrich, C. (2023). MAILS – Meta AI Literacy Scale: Development and Testing of an AI Literacy Questionnaire Based on Well-Founded Competency Models and Psychological Change- and Meta-Competencies.
5. Zhang, C., & Magerko, B. (2025). Generative AI Literacy: A Comprehensive Framework for Literacy and Responsible Use.