IOT VA SUN'IY INTELLEKT ASOSIDA SANOAT KORXONALARIDA ATMOSFERA HAVOSINI MONITORING QILISHNING KONSEPTUAL INTELLEKTUAL MODELINI TAKLIF ETISH
PDF

Keywords

atmosfera havosi monitoringi, sanoat korxonalari, IoT, sun'iy intellekt, GreenAudit Index, ekologik monitoring, ekologik xavfsizlik, atmosfera ifloslanishi, ESG, PM₂.₅, PM₁₀, SO₂, NO₂, CO, Toshkent viloyati.

Abstract

Dunyo miqyosida sanoatlashtirish jarayonining jadallashuvi atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar hajmining ortishiga, ekologik muvozanatning buzilishiga hamda aholi salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan xavflarning kuchayishiga olib kelmoqda. Xususan, metallurgiya, energetika va sement sanoati rivojlangan hududlarda atmosfera havosining ifloslanishi ekologik xavfsizlikni ta'minlashning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. O'zbekistonda atmosfera havosi monitoringi davlat monitoring tizimi orqali amalga oshirilayotgan bo'lsa-da, mavjud tizimlar asosan davriy kuzatuvlarga asoslanib, real vaqt rejimida uzluksiz monitoring, ekologik xavflarni oldindan prognozlash hamda raqamli boshqaruv qarorlarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari bilan to‘liq ta'minlanmagan.

Tadqiqotda Toshkent viloyatining ekologik jihatdan muhim sanoat hududlari hisoblangan Olmaliq, Angren va Bekobod misolida atmosfera havosining ifloslanish omillari hamda amaldagi monitoring tizimining holati kompleks tahlil qilindi. Mazkur hududlarning tanlanishiga sabab, ularda rangli va qora metallurgiya, issiqlik energetikasi hamda sement sanoati korxonalarining yuqori darajada jamlanganligi va atmosfera havosiga antropogen yuklamaning boshqa hududlarga nisbatan yuqoriligi bilan izohlanadi. Rasmiy monitoring ma'lumotlari, normativ-huquqiy hujjatlar hamda xalqaro ilmiy tadqiqotlar asosida ushbu hududlarning ekologik holati qiyosiy baholandi.

Tadqiqotning asosiy maqsadi sanoat korxonalarida atmosfera havosini monitoring qilishning mavjud yondashuvlarini tahlil qilish hamda IoT (Internet of Things) va sun‘iy intellekt texnologiyalariga asoslangan GreenAudit konseptual modelini taklif etishdan iborat. Ushbu model atmosfera havosi monitoringini raqamlashtirish, ekologik ma'lumotlarni yagona platformada integratsiyalash, ekologik xavflarni erta aniqlash va boshqaruv qarorlarini ilmiy asosda qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan.

Tadqiqotda tizimli tahlil, qiyosiy tahlil, statistik tahlil, ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, konseptual modellashtirish hamda ekologik monitoring ma'lumotlarini umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Shuningdek, O'zbekistondagi atmosfera havosi monitoring tizimi Germaniya, Xitoy va Janubiy Koreyada qo'llanilayotgan zamonaviy monitoring yondashuvlari bilan qiyosiy tahlil qilindi. Tahlillar natijasida amaldagi monitoring tizimlarining asosiy kamchiligi real vaqt rejimida ishlovchi IoT sensorlari, sun'iy intellekt asosidagi prognozlash algoritmlari, ekologik xavfni kompleks baholovchi integral indeks hamda ESG hisobotlarini avtomatik shakllantirish imkoniyatlarining yetarli darajada integratsiyalashmaganligi ekanligi aniqlandi.

Aniqlangan ilmiy va amaliy muammolarni bartaraf etish maqsadida GreenAudit konseptual modeli taklif etildi. Mazkur model atmosfera havosining asosiy ifloslantiruvchi ko'rsatkichlarini IoT sensorlari yordamida uzluksiz yig'ish, ma'lumotlarni bulutli platformada saqlash va qayta ishlash, sun‘iy intellekt algoritmlari yordamida ekologik xavfni prognozlash hamda GreenAudit Index (GAI) orqali atmosfera havosining ekologik holatini kompleks baholash tamoyiliga asoslanadi. Shuningdek, model monitoring natijalarini vizual boshqaruv paneli (Dashboard) orqali aks ettirish va ESG talablariga mos hisobotlarni avtomatik shakllantirish imkoniyatini nazarda tutadi.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi sanoat korxonalarida atmosfera havosi monitoringini IoT texnologiyalari, sun'iy intellekt, GreenAudit Index va ESG yondashuvlari bilan yagona konseptual platforma doirasida integratsiyalovchi modelning taklif etilganligi bilan belgilanadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati esa taklif etilgan modelning kelgusida dasturiy va apparat vositalari asosida ishlab chiqilishi hamda sanoat korxonalarida joriy etilishi orqali atmosfera havosi monitoringi samaradorligini oshirish, ekologik xavflarni erta aniqlash va ekologik boshqaruv tizimini takomillashtirish uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkinligidadir.

PDF

References

1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida. PF–60-son Farmon, 2022.

2 O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi. Atmosfera havosi monitoringi bo‘yicha yillik hisobot. Toshkent, 2024

3 O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi. O‘zbekiston Respublikasining statistik to‘plami. Toshkent, 2024.

4 O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligi (O‘zgidromet). Atmosfera havosi sifati monitoringi bo‘yicha axborot byulleteni. Toshkent, 2024

5 BMT Atrof-muhit dasturi (UNEP). Global Environment Outlook 7. Nairobi, 2024.

6 World Health Organization (WHO). WHO Global Air Quality Guidelines. Geneva: WHO, 2021.

7 Intergovernmental Panel on Climate Change (IPCC). Climate Change 2023: Synthesis Report. Geneva, 2023.

8 European Environment Agency (EEA). Air Quality in Europe — 2024 Report. Copenhagen, 2024.

9 United States Environmental Protection Agency (US EPA). Air Sensor Guidebook. Washington, DC, 2024.

10 ISO 14001:2015. Environmental Management Systems — Requirements with Guidance for Use. International Organization for Standardization, Geneva.

11 ISO 14064-1:2018. Greenhouse Gases — Part 1: Specification with Guidance at the Organization Level. Geneva, 2018.

12 Gubbi J., Buyya R., Marusic S., Palaniswami M. Internet of Things (IoT): A Vision, Architectural Elements, and Future Directions. Future Generation Computer Systems, 2013.

13 Atzori L., Iera A., Morabito G. The Internet of Things: A Survey. Computer Networks, 2010.

14 Goodfellow I., Bengio Y., Courville A. Deep Learning. MIT Press, 2016.

15 Russell S., Norvig P. Artificial Intelligence: A Modern Approach. 4th Edition. Pearson, 2021.

16 World Bank. The Changing Wealth of Nations 2024. Washington, DC, 2024.

17 United Nations. The Sustainable Development Goals Report 2024. New York, 2024.

18 Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ. Barqaror rivojlanish va ekologiya bo‘yicha hisobot. Olmaliq, 2024.

19 O‘zbekiston metallurgiya kombinati AJ. Barqaror rivojlanish hisoboti. Bekobod, 2024.

20 "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ. Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha yillik hisobot. Toshkent, 2024.