Abstract
Mazkur maqolada koreys va o'zbek tillaridagi somatik frazeologik birliklarning semantik va lingvomadaniy xususiyatlari chog'ishtirma aspektda tadqiq etiladi. Tadqiqot materialini koreys tilidagi 귀 (quloq), 입 (og'iz), 눈 (ko'z) va 머리 (bosh) komponentli 15 ta frazeologik birlik tashkil etadi. Ularning shakllanishidagi metaforik modellar va milliy-madaniy mazmuni o'rganilib, o'zbek tilidagi ekvivalentlari, analoglari va mazmuniy muqobillari aniqlandi hamda semantik moslik darajasi qiyoslandi. Tahlil natijasida ikki tilda inson tanasi asosida mavhum tushunchalarni ifodalashga xos umumiy antropotsentrik tamoyillar mavjudligi, biroq somatik obrazlarning frazeologik shakllanishi, metaforik modellashtirilishi va pragmatik qo'llanishida milliy-madaniy farqlar namoyon bo'lishi aniqlandi. Natijalar koreys va o'zbek tillari frazeologiyasini chog'ishtirma o'rganish, lingvomadaniyatshunoslik, tarjimashunoslik va koreys tilini o'qitish metodikasi uchun nazariy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
References
1. Akhmedov, O. S. (2026). Comparative Study of Phraseological Units with "Somatic" Components in English and Uzbek Languages. International Multidisciplinary Journal for Research & Development, 13(02), 532–537.
2. Iskenderova, K. (2025). A Comparative Analysis of Somatic Phraseological Units in English, Uzbek, and Russian Languages. The Lingua Spectrum.
3. Jumanazarov, S. U. (2025). The Reflection of Human External Appearance through Somatic Phraseological Units in English and Uzbek Languages. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 5(5), 1152–1154.
4. Jumanazarov, S. U. (2025). The Study and Mutual Translation of Somatic Phraseological Units in English and Uzbek Languages. European Journal of Pedagogical Initiatives and Educational Practices, 3(5), 61–63.
5. Tursunov, J. A., & Jumanazarov, S. U. (2026). Linguocultural and Cognitive Representation of Human Inner Experience in English and Uzbek Somatic Phraseological Units. Samarali Ta'lim va Barqaror Innovatsiyalar Jurnali.
6. O'zbek tilining izohli lug'ati. 5 jildlik. Toshkent: O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2006–2008.
7. Rahmatullayev, Sh. O'zbek tilining frazeologik lug'ati. Toshkent: O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 1992.
8. 한국어기초사전 (Korean Basic Dictionary). National Institute of Korean Language.
9. 표준국어대사전 (Standard Korean Language Dictionary). National Institute of Korean Language.
10. 국립국어원 (National Institute of Korean Language). 한국어 어휘 및 관용 표현 관련 자료.