TUPROQ GRANULOMETRIK TARKIBINI ANIQLASHDA PIPETKA VA GIDROMETR USULLARINING QIYOSIY BAHOLANISHI
PDF

Keywords

tuproq, mexanik tarkib, pipetka, gidrometr, qum, chang, loy, regressiya tahlili, determinatsiya koeffitsienti

Abstract

Tuproqning mexanik tarkibi uning muhim fizik xossalaridan biri bo‘lib, tuproqning suv-fizik xususiyatlari, unumdorligi va meliorativ holatini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tuproq granulometrik tarkibini aniqlashda keng qo‘llaniladigan pipetka usuli yuqori aniqlikka ega bo‘lsa-da, katta mehnat sarfi va uzoq vaqt talab etadi. Gidrometr usuli esa nisbatan tezkor va amaliy jihatdan qulay usul hisoblanadi. Mazkur maqolada pipetka va gidrometr usullari yordamida aniqlangan mexanik tarkib ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik regressiya tahlili asosida baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, regressiya tahlilida aniqlangan determinatsiya koeffitsienti qiymatlari qum fraksiyasi uchun R2=0.83 chang fraksiyasi uchun R2=0.77 hamda loy fraksiyasi uchun R2=0.92 ni tashkil etdi. Olingan natijalar har ikkala usul o‘rtasida kuchli statistik bog‘liqlik va yuqori darajadagi moslik mavjudligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari gidrometr usulini pipetka usuliga muqobil ravishda qo‘llash imkoniyatini ilmiy jihatdan asoslaydi.

PDF

References

1. (FAO), F. and A. O. (2003). Irrigation in Central Asia in Figures: AQUASTAT Survey – Uzbekistan.

2. Beretta, A. N., Silbermann, A. V., Paladino, L., Torres, D., Bassahun, D., Musselli, R., & García-Lamohte, A. (2014). Soil texture analyses using a hydrometer: modification of the Bouyoucos method. Ciencia e Investigación Agraria, 41(2), 25–26. https://doi.org/10.4067/s0718-16202014000200013

3. Bouyoucos, G. J. (1962). Hydrometer method improved for making particle size analyses of soils. Agronomy Journal, 464–465. https://doi.org/10.2134/agronj1962.00021962005400050028x

4. Elfaki, J. T., Gafer, M. A., Sulieman, M. M., & Ali, M. E. (2016). Hydrometer method against Pipette method for Estimating Soil particle size distribution in Some Soil Types Selected from Central Sudan. International Journal of Engineering Research and Advanced Technology, 02(02), 25–41.

5. G.W. Gee & J.W. Bauder. (1986). Methods of Soil Analysis, Part 1: Physical and Mineralogical Methods Front Matter.

6. Mozaffari, H., Moosavi, A. A., Baghernejad, M., & Cornelis, W. (2024). Revisiting soil texture analysis: Introducing a rapid single-reading hydrometer approach. Measurement, 228, 114330.

7. Sattarov J. S., Mahammadiyev S. Q. To‘raqulova M., O. (2025). American journal of multidisciplinary bulletin. American journal of multidisciplinary bulletin, (3), 71–81.

8. Sh. Xoliqulov, Р. Uzoqov, I. B. (2011). Tuproqshunoslik (Vol. 2).

9. Stevenson, A., Hartemink, A. E., & Zhang, Y. (2023). Measuring sand content using sedimentation, spectroscopy, and laser diffraction. Geoderma, 429(September 2022). https://doi.org/10.1016/j.geoderma.2022.116268

10. Team, R. C. (2025). A Language and Environment for Statistical Computing. R Foundation for Statistical Computing, 0. https://doi.org/10.4236/oalib.1107821

11. Турсунов, Л. (1986). Тупроқ физикаси 1987.pdf.