Abstract
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda 2000-2025-yillar davomida birinchi nikohga kirish yoshidagi oʻzgarishlar qiyosiy tahlil qilinadi hamda ushbu jarayonga taʼsir etuvchi ijtimoiy va psixologik omillar yoritiladi. Nikoh yoshining shakllanishiga taʼlim darajasi, iqtisodiy sharoit, oilaviy qadriyatlar, psixologik yetuklik va tugʻilish tartibining taʼsiri ilmiy manbalar hamda statistik maʼlumotlar asosida tahlil etilgan. Shuningdek, oiladagi katta farzand maqomining shaxsning masʼuliyatlilik, mustaqillik va oilaviy hayotga tayyorgarlik darajasiga taʼsiri yoritilib, uning nikoh yoshiga ehtimoliy taʼsiri muhokama qilingan. Tadqiqot natijalari nikoh yoshining ko‘p omilli ijtimoiy-psixologik jarayon ekanligini hamda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash tizimini takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.
References
1. https://lex.uz/ Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 7 мартдаги 87-сонли "Оила ва хотин-қизларни тизимли қўллаб-қувватлашга доир ишларни янада жадаллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида"ги Фармони. https://lex.uz/ docs/5899498[2]
2. https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita yangiliklar /68635-zbekistonliklar-necha-joshda-oila-urishmo-da-2[3]
3. Karimova V. M. Oila psixologiyasi. Toshkent: Oʻqituvchi, 2012.
4. G’oziyev E. G. Umumiy psixologiya. Toshkent: Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2010.
5. Zufarova M. A. Yoshlar psixologiyasi. Toshkent: Fan va texnologiya, 2018.
6. Professor G. B. Shoumarov tahriri ostida “oila psixologiyasi” darsligi Toshkent-2010 121-b [1]
7. lex.uz