Abstract
Mazkur mavzu XX asr boshlarida Turkiston ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida tub burilish yasagan jadidchilik harakati vakillarining milliy matbuotga qo‘shgan beqiyos hissasini tahlil qiladi. Maqolada jadidlar tomonidan asos solingan ilk milliy nashrlar ("Taraqqiy", "Xurshid", "Sadoi Turkiston", "Oyna" va boshqalar) xalqning o‘zligini anglash, ma’rifat tarqatish va ozodlik g‘oyalarini ilgari surishdagi roli yoritilgan. Shuningdek, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov va Abdurauf Fitrat kabi jadid yetakchilarining publitsistik faoliyati, til islohoti va milliy jurnalistika janrlarining shakllanishidagi xizmatlari tadqiq etiladi. Tadqiqot jadid matbuotining jamiyatni modernizatsiya qilish va milliy mustaqillik mafkurasini yaratishdagi ahamiyatini ochib berishga xizmat qiladi.
References
1 Munavvar Qori Abdurashidxonov
Yoshlar Nashiryoti Uyi Toshkent – 2022
2 Kun.uz maqolasi
3 Yuz. Uz
4 Ziyouz .com