Abstract
Mazkur maqolada Toshkent shahridagi savdo shahobchalari peshlavhalarining buzilishi bilan bog‘liq yuzaga kelgan huquqiy nizolar tahlil qilinadi. Muallif O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 428-son va 104-son qarorlari hamda Toshkent shahar Kengashining “dizayn-kodi” to‘g‘risidagi qarori o‘rtasidagi tizimli ziddiyatlarni ochib beradi. Xususan, “reklamadan xoli hududlar” tushunchasining qonunchilikda aniq belgilanmaganligi, peshlavhalarning reklama obyekti sifatida baholanishi, tashqi reklamani o‘rnatganlik uchun yig‘imlar va ekspluatatsiya yig‘imlarining bir vaqtda undirilishi hamda reklama joyi pasportining yuridik kuchiga oid qarama-qarshiliklar atroflicha ko‘rib chiqilgan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining ustuvorligi tahlil qilinib, mavjud normativ-huquqiy hujjatlarni “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirish, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish zarurligi asoslanadi.
References
Barakina, D. (2023-yil 31-oktabr). Toshkent aholisi reklamadan xoli hududlarni tanlaydi. Kursiv Media Uzbekistan. https://uz.kursiv.media/uz/2023-10-31/toshkent-aholisi-reklamadan-xoli-bolishi-kerak-bolgan-hududlarni-tanlaydi
2. Kapital.uz. (2026-yil 4-may). O‘zbekistonda tashqi reklama joylashtirish tartibi belgilandi. https://kapital.uz/uz/tashqi-reklama-joylashtirish-tartibi/
3. Mo‘minova, Z. (2026-yil 25-aprel). Biznes-ombudsman Toshkentning “Dizayn-kodi” qarorini qayta ko‘rib chiqishni talab qildi. Zamon. http://zamon.uz/uz/2026/04/25/biznes-ombudsman-toshkentning-dizayn-kodi-qarorini-qayta-korib-chiqishni-talab-qildi
4. Saidov, S. (2026-yil 4-may). Tadbirkorlar uchun tashqi reklama pasportini olish tartibi belgilandi. Kursiv Uzbekistan. https://uz.kursiv.media/uz/2026-05-04/tadbirkorlar-uchun-tashqi-reklama-pasportini-olish-tartibi-belgilandi/
5. Spot. (2026-yil 16-aprel). Toshkentda peshlavha reydlari biznesga qanday ta’sir qilmoqda? https://www.spot.uz/oz/2026/04/16/ad-ban/
6. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi. (2026-yil 17-fevral). “Toshkent shahrining “dizayn-kodi” qoidalarini amaliyotga joriy etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori (VII-19-17-14-0-K/26). https://kengash.gov.uz/uz/toshkentshahar/documents/235404
7. Xusanova, X. (2026-yil 16-aprel). Toshkentda peshlavha reydlari biznesga qanday ta’sir qilmoqda? Spot. https://www.spot.uz/oz/2026/04/16/ad-ban/
8. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. (2006–2008). O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. www.izoh.uz
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, 428-son (2023). https://lex.uz/uz/docs/-6593046
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qarori, 104-son (2020). https://lex.uz/uz/docs/-4739746
11. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (2023). https://lex.uz/docs/6445145
12. Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” Qonuni. (2021). https://lex.uz/docs/5370382
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvdagi nutqi. (2025-yil 20-avgust). O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti. https://president.uz/oz/lists/view/8397
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti. (2026-yil 5-may). Korxonalarning barqaror faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rib chiqildi. https://president.uz/oz/lists/view/9175
15. O‘zbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuni. (2022). https://lex.uz/docs/6052631