Abstract
Ushbu maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiyning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar haqidagi qarashlari tahlil qilinadi. Muallif xalqning ijtimoiy va ma’naviy rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan jaholat, ilm-ma’rifatdan uzoqlashish, isrofgarchilik, loqaydlik hamda eski qarashlarga mutaassibona berilish kabi muammolarni yoritadi. Behbudiy ushbu illatlarning millat taraqqiyotiga zarar yetkazishini asoslab, ularni bartaraf etishning muhim vositasi sifatida ta’lim, ma’rifat va zamonaviy dunyoqarashni ilgari suradi. Maqolada adibning jamiyatni isloh qilish va xalq farovonligini ta’minlashga qaratilgan g‘oyalari ochib beriladi.
References
Tanlangan asarlar. – Toshkent: Ma’naviyat, 1999. – 280 b.
2. Ehtiyoji millat. – Toshkent: Sharq, 2006. – 192 b.
3. Milliy uyg‘onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik. – Toshkent: Ma’naviyat, 2002. – 400 b. (Behbudiy haqidagi ma’lumotlar: 112–135-betlar).
4. Jadidchilik. – Toshkent: Sharq, 2004. – 320 b. (Behbudiy faoliyatiga oid qism: 85–118-betlar).
5. XX asr adabiyoti manzaralari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2008. – 384 b. (Behbudiy ijodi: 56–74-betlar).
6. Jadidchilik va jadid adabiyoti. – Toshkent: Universitet, 2007. – 256 b. (Behbudiyga bag‘ishlangan bob: 91–107-betlar).
7. O‘zbek adabiyoti tarixi. 5 jildlik. 4-jild. – Toshkent: Fan, 1978. – 512 b. (Jadid adabiyoti va Behbudiy faoliyatiga oid materiallar: 286–309-betlar).