Abstract
Ushbu maqolada globallashuv sharoitida yoshlar psixologiyasining shakllanish jarayonlari, ularning axborot muhitiga moslashuvi hamda kitobxonlik madaniyatining shaxs tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy jamiyatda yoshlar internet, ijtimoiy tarmoqlar va raqamli texnologiyalar ta’sirida tezkor axborot iste’moliga o‘rganib bormoqda, bu esa ularning diqqat, tafakkur chuqurligi, emotsional barqarorligi va ma’naviy qadriyatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Maqolada yoshlar psixologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, emotsional sezgirlik, mustaqil fikrlashga intilish va ijtimoiy identifikatsiya jarayonlari yoritiladi. Shu bilan birga, kitobxonlikning kognitiv, emotsional va tarbiyaviy funksiyalari asoslab beriladi. Badiiy va ilmiy adabiyotlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishi, empatiya hissini rivojlantirishi hamda axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashdagi roli tahlil qilinadi.
References
1. Mirziyoyev Sh.M. Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi mavzusidagi nutqi. — Toshkent, 15 iyun 2017 y
2. Mavlonova R, Normurodova B, Rahmonqulova B, «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» o'quv qo'llanma, Toshkent: «Tib kitob» nashriyoti, 2010. 331bet
3. Davletshin M.G. Yosh davrlari psixologiyasi. – Toshkent, 2004.
4. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya. – Toshkent, 2012.
5. Umarov B.M. -PSIXOLOGIYA „Voris-nashriyot “Toshkent — 2012
6. Xakimova, S. S. Q. (2023). TALABALARNING INTELLEKTUAL SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI. Oriental renais- sance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(6), 785-790.