Abstract
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron shartnomalardan kelib chiqadigan nizolarni hal etishning zamonaviy mexanizmi sifatida ODR (Online Dispute Resolution) tizimining huquqiy va amaliy jihatlari yoritilgan. O‘zbekiston amaldagi sud tizimida elektron shartnoma nizolarini hal qilish jarayonidagi mavjud muammolar – jarayonning sekinligi, elektron dalillarni baholashdagi noaniqliklar, raqamli sud infratuzilmasining yetarli emasligi hamda smart-shartnomalarga oid normativ bo‘shliqlar tahlil qilinadi. Maqolada Yevropa Ittifoqi, Singapur va Xitoyning ODR bo‘yicha ilg‘or tajribalari qiyosiy-huquqiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqilib, ularning afzalliklari va O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari asoslab beriladi. Tadqiqot natijasida mamlakatning mavjud elektron hukumat tizimlari bilan integratsiya qilinadigan, bosqichma-bosqich joriy etiladigan optimal ODR modelini taklif etish ko‘zlanadi. Mazkur model elektron shartnomalar bozorining huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, transchegaraviy savdoda ishonchni oshirish va sud organlarining yuklamasini kamaytirishga xizmat qiladi.
References
Normativ-huquqiy hujjatlar
1. O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 11 sentabr 2017 yil, O‘RQ–445-son (2024 yil 21 sentabrdagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan). – Toshkent, 2017. – URL: LexUZ
2. Regulation (EU) No 524/2013 of the European Parliament and of the Council of 21 May 2013 on Online Dispute Resolution for Consumer Disputes and amending Regulation (EC) No 2006/2004 and Directive 2009/22/EC. – Brussels, 2013. – URL: EUR-Lex
3. Zhonghua Renmin Gongheguo Dianzi Shangwu Fa [E-Commerce Law of the People’s Republic of China], adopted 31 August 2018, entered into force 1 January 2019. – Beijing, 2018. – 63-modda. – URL: FAOLEX
4. United Nations Commission on International Trade Law, Technical Notes on Online Dispute Resolution. – New York: UNCITRAL, 2016. – 24-band. – URL:https://uncitral.un.org/en/texts/onlinedispute/explanatorytexts/technical_notes
Ilmiy adabiyotlar va boshqa manbalar
5. Berger KP, International Economic Arbitration. – The Hague: Kluwer Law & Taxation, 1993. – URL: Lehmanns Media
6. Bakhramova.M, “Raqamli makonda onlayn nizolar tushunchasi va ularning huquqiy maqomi” // Jamiyat va innovatsiyalar – Society and Innovations. – 2022. – Maxsus son 02. – B. 505–514. – ISSN 2181-1415. – URL: DOI
7. Devanesan R, Aresty J, “ODR and Justice – An Evaluation of Online Dispute Resolution’s Interplay with Traditional Theories of Justice” // Abdel Wahab MS, Katsh E, Rainey D (eds.), Online Dispute Resolution: Theory and Practice – A Treatise on Technology and Dispute Resolution. – The Hague: Eleven International Publishing, 2012. – P. 251–293. – URL: Mediate.com PDF
8. Katsh E, Rifkin J, Online Dispute Resolution: Resolving Conflicts in Cyberspace. – San Francisco: Jossey-Bass, 2001. – ISBN: 978-0787956769.
9. Lüdvig Vittgenshteyn, Psixologiya falsafa haqida so‘nggi yozilganlar: Ichki va tashqi. – Jild 2. – G.H. von Rayt va H. Nyman tahriri ostida. – 1992. – B. 72.
10. United Nations Conference on Trade and Development (UNCTAD), Measuring the Value of E-commerce. – Technical Note No. 1. – Geneva, April 2024. – URL: UNCTAD Report
11. “Analysis of Taobao ODR Mechanism” // FX361, 27 August 2021. – URL: https://journals.sas.ac.uk/amicus/article/view/5755/5393
12. “China’s Internet Courts Boost Efficiency and Transparency” // China Daily, 16 October 2018. – URL: China Daily
13. Singapore International Mediation Centre, “About SIMC”. – URL: Singapore International Mediation Centre