PORTATIV QON GAZLARI ANALIZATORI UCHUN YANGI AVLOD OPTIK XEMORETSEPTPORLARNI ISHLAB CHIQISH
PDF

Keywords

Portativ qon gazlari analizatori, optik xemoretseptorlar, flüoressensiyali sensorlar, pH, pO₂, pCO₂ gazlari, optik tolali sensorlar, sezgirlik va selektivlik, miniatyurizatsiya, tezkor diagnostika

Abstract

Ushbu ishda portativ qon gazlari analizatorlari uchun mo‘ljallangan yangi avlod optik xemoretseptorlarni ishlab chiqarish texnologiyasi va ularning asosiy parametrlari tadqiq qilingan. An’anaviy elektrokimyoviy sensorlar o‘rniga optik xemoretseptorlardan foydalanish analizatorlarning tezkorligi, aniqligi va miniatyurizatsiya imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi.

Ishda optik tolalar va flüoressensiyali indikatorlar asosida ishlaydigan yangi avlod kemosensorlarning sintez usullari, ularning pH, kislorod (pO₂) va karbonat angidrid (pCO₂) gazlariga nisbatan sezgirligi, selektivligi va javob vaqti o‘rganilgan. Sensorlarning uzoq muddatli barqarorligi va qon namunalari bilan ishlashda qayta foydalanish imkoniyatlari baholangan.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ishlab chiqilgan optik xemoretseptorlar an’anaviy elektrodlarga nisbatan tez javob berish, kichik o‘lcham va past energiya iste’moli bilan ajralib turadi. Taklif etilayotgan yechimlar portativ qon gazlari analizatorlarining diagnostik imkoniyatlarini kengaytirish va ularni intensiv terapiya, reanimatsiya hamda tez yordam amaliyotida qo‘llash uchun istiqbolli hisoblanadi.

PDF

References

Wolfbeis O.S. Fiber-optic chemical sensors and biosensors // Analytical Chemistry. – 2008. – Vol. 80, No. 12. – P. 4269–4283.

2. McDonagh C., Burke C.S., MacCraith B.D. Optical chemical sensors // Chemical Reviews. – 2008. – Vol. 108, No. 2. – P. 400–422.

3. Lakowicz J.R. Principles of Fluorescence Spectroscopy. – 3rd ed. – Springer, 2006. – 954 p.

4. Tusa J.K., He H. Critical care analyzer with fluorescent optical chemosensors // Journal of Clinical Monitoring and Computing. – 2010. – Vol. 24, No. 2. – P. 95–103.