XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA BUXORO AMIRLIGIDA TARIXIY VAZIYAT VA ABDURAUF FITRAT IJTIMOIY-SIYOSIY DUNYOQARASHINING SHAKLLANISHIDAGI OMILLAR
PDF

Keywords

Buxoro amirligi, vaziyat, jadidchilik, ma’rifatparvarlik, islohotchilik, ta’lim tizimi, mustamlakachilik, madaniy hayot, yoshlar tarbiyasi, Abdurauf Fitrat, Amir Olimxon, “Chig‘atoy gurungi”.

Abstract

Mazkur maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro amirligidagi tarixiy-siyosiy vaziyat hamda Abdurauf Fitratning ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashi shakllanishiga ta’sir etgan omillar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda Buxoro amirligidagi siyosiy boshqaruv tizimi, ijtimoiy munosabatlar, iqtisodiy holat va madaniy-ma’rifiy muhitning o‘ziga xos jihatlari yoritilib, ularning jadidchilik harakati rivojiga ta’siri ko‘rsatib beriladi. Maqolada Fitratning ilk dunyoqarashi shakllanishida muhim rol o‘ynagan tarixiy sharoitlar, xususan, jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik, diniy-muhitdagi konservativ qarashlar hamda ma’rifatga bo‘lgan ehtiyoj kabi omillar tahlil qilinadi. Shuningdek, uning Istanbuldagi ta’lim jarayoni va jadidchilik g‘oyalari bilan tanishuvi Fitratning siyosiy va ma’rifiy qarashlarining rivojlanishiga kuchli turtki bo‘lgani asoslanadi.

PDF

References

Абдурауф Фитрат. Танланган асарлар. 5 жилдлик. I жилд. Тошкент: Маънавият, 2000. – Б. 46.

2. Фитрат. Иқромот ислох корони ҳукумат Бухоро // “Ойина” журнали. 1915. № 8. – Б 198-200.

3. Фитрат. Бир ўзбек йигитининг тилидан // “Ҳуррият” газетаси. 1917 йил 18 август.

4. Қосимов Б. Маслакдошлар. Беҳбудий, Ажзий, Фитрат. Тошкент: Шарқ, 1994. – Б. 71.

5. Тоғаев Т. “Чиғатой гурунги” фаолияти тўғрисида баъзи мулоҳазалар // Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 2022. №2. – Б. 424.

6. Хўжаев Ф. Танланган асарлар. 3 томлик. I том. Тошкент, 1976. – Б. 99.

7. ЎзМА, И-461 фонд, 1-рўйхат, 949-иш, 17-20-варақлар; Истанбулда Бухоро жамияти хайрияси // “Таржимон” газетаси. 1909 йил 25 декабр.

8. ЎзР ФА Тарих институти жорий архиви, П-22934, 1-том, 5-варақ.