Abstract
Mazkur ishda raqamli media va internet platformalarining shakllanish jarayoni hamda ularning auditoriya bilan o‘zaro aloqadagi roli ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda Genri Jenkinsning “konvergentsiya madaniyati” konsepsiyasi asosida an’anaviy va yangi media o‘rtasidagi integratsiya jarayonlari yoritiladi. Shuningdek, raqamli muhitda foydalanuvchining passiv iste’molchidan faol ishtirokchiga aylanishi, kontent yaratish jarayonidagi interaktivlik va auditoriya faolligining ortishi ko‘rib chiqiladi.
Ishning asosiy maqsadi — raqamli media va internet platformalarining zamonaviy kommunikatsiya tizimidagi o‘rnini aniqlash hamda ularning ijtimoiy-madaniy ta’sirini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot natijalari media sohasidagi transformatsion jarayonlarni chuqurroq tushunishga xizmat qiladi.
References
1. Jenkins, H. Convergence Culture: Where Old and New Media Collide. — New York: New York University Press, 2006.
2. Fuchs, C., Hofkirchner, W., Schafranek, M. va boshq. Theoretical Foundations of the Web: Cognition, Communication, and Co-Operation. Towards an Understanding of Web 1.0, 2.0, 3.0 // Future Internet. — 2010. — Vol. 2, No. 1. — P. 41–59. — URL: https://www.mdpi.com/1999-5903/2/1/41 (murojaat sanasi: 22.05.2026).
3. McQuail, D. McQuail’s Mass Communication Theory. — London: SAGE Publications, 2010. — P. 45.