Abstract
Gipoksiya — organizm to‘qimalariga kislorod yetishmovchiligi bilan bog‘liq patologik holat bo‘lib, u hujayralarning normal faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Gipoksiya bir necha turlarga bo‘linadi: nafas (respirator), qon aylanish (sirkulyator), gemik, to‘qima (gistotoksik) va aralash gipoksiya. Har bir turi organizmda kislorod yetkazib berish yoki undan foydalanish jarayonining buzilishi bilan xarakterlanadi. Gipoksiya yurak-qon tomir, nafas olish hamda markaziy nerv tizimi faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, moddalar almashinuvining buzilishiga olib keladi. Ushbu mavzu gipoksiyaning kelib chiqish sabablari, turlari va uning fiziologik ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, organizmning moslashuv mexanizmlarini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi.
References
A.G‘. Ahmedov, Sh.T. Otaboyeva — Odam fiziologiyasi. Toshkent, “Yangi asr avlodi”, 2021.
2.A.J. Qodirov — Patologik fiziologiya asoslari. Toshkent, “Fan va texnologiya”, 2020.
3.Guyton A.C., Hall J.E. — Textbook of Medical Physiology. 14-nashr, Elsevier, 2021.
4.Ganong W.F. — Review of Medical Physiology. McGraw-Hill Education, 2020.
Tortora G.J., Derrickson B. — Principles of Anatomy and Physiology. Wiley, 2019.