Abstract
Ushbu maqolada O‘lmas Umarbekovning “Odam bo‘lish qiyin” romanida insoniylik muammosining badiiy-falsafiy talqini va ijtimoiy mohiyati tahlil qilinadi. Romanda yoshlar hayoti, ma’naviy-axloqiy muammolar hamda shaxslararo munosabatlarning murakkab jihatlari yoritilgan. Maqolada insoniylik tushunchasining falsafiy mazmuni — shaxsning o‘zligini anglash va ma’naviy kamolot sari intilishi bilan bog‘liq jihatlar ochib beriladi. Tadqiqot natijasida mazkur romanning insoniylikni shakllantiruvchi murakkab jarayonlarni chuqur badiiy va falsafiy yo‘sinda ifodalovchi asar ekanligi ilmiy asoslanadi.
References
1. Umarbekov O‘. Tanlangan asarlar. 1-jild. – Toshkent: Sharq, 2002.
2. Umarbekov O‘. Odam bo‘lish qiyin: Roman. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2019.
3. Umarbekov O‘. Odam bo‘lish qiyin. [Elektron resurs]. – Kirish rejimi: https://uz.wikipedia.org/wiki/Odam_bo‘lish_qiyin