Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekistonda tibbiy xizmat sifatini oshirish, bemor xavfsizligini ta’minlash hamda shifokorlarning kasbiy javobgarligini kuchaytirish nuqtayi nazaridan shifokorlarni individual litsenziyalash tizimiga o‘tish masalasi ilmiy-huquqiy jihatdan tahlil qilinadi. Unda amaldagi yuridik shaxslarni litsenziyalash modeli, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi hamda shifokor kasbiy malakasini baholash mexanizmlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ochib beriladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun, litsenziyalashga oid qonunchilik va sog‘liqni saqlash sohasidagi Prezident hujjatlari asosida shifokorlik faoliyatini litsenziyalashning milliy huquqiy asoslari yoritiladi. Maqolada AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Afrika va Avstraliya tajribasi qiyosiy tahlil qilinib, shifokorlarni litsenziyalashda ta’lim, kasbiy imtihon, reyestr, doimiy kasbiy rivojlanish, revalidatsiya va intizomiy nazorat tizimlari muhim ahamiyatga ega ekani asoslanadi. Tadqiqot natijasida O‘zbekiston uchun yuridik shaxslarni litsenziyalash modelini saqlagan holda shifokorlarning shaxsiy kasbiy litsenziyasini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy tibbiy reyestrni shakllantirish, kasbiy kompetensiyani baholash mezonlarini aniqlashtirish va xalqaro tajriba asosida imtihon tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.References
1. Mirziyoyev Sh. Xalqimiz salomatligi hamma narsadan ustun va qadrli // https://president.uz/oz/lists/view/5062
2. Prezident Shavkat Mirziyoyevning sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “O‘zbekiston tibbiyoti – inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqotidan // https://president.uz/oz/lists/news?menu_id=12&date=2022-3-18
3. Donabedian A. Evaluating the quality of medical care. 1966. Milbank Q. 2005;83(4):691-729. doi: 10.1111/j.1468-0009.2005.00397.x. PMID: 16279964; PMCID: PMC2690293.
4. "Patient Safety" WHO fact sheet. September 2019. https://www.who.int/news-room/fact-sheets/detail/patient-safety
5. Guide To Medical Regulation In The United States // https://www.fsmb.org/u.s.-medical-regulatory-trends-and-actions/guide-to-medical-regulation-in-the-united-states/about-physician-licensure/
6. Dent v. West Virginia, 129 U.S. 114 (1889) // https://supreme.justia.com/cases/federal/us/129/114/
7. Freidson E. Profession of Medicine: A Study of the Sociology of Applied Knowledge. New York: Dodd, Mead, 1970; Freidson E. Professional Dominance: The Social Structure of Medical Care. New York: Atherton Press, 1970.
8. Starr P. The Social Transformation of American Medicine: The Rise of a Sovereign Profession and the Making of a Vast Industry. New York: Basic Books, 1982.
9. https://www.gmc-uk.org/registration-and-licensing/managing-your-registration/revalidation
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3894-son qarori // https://lex.uz/docs/-3846720
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom // https://lex.uz/ru/docs/-5870213
12. https://www.britannica.com/science/medical-jurisprudence
13. Stepan J. Traditional and alternative systems of medicine: a comparative review of legislation // International digest of health legislation. №.36 (2). p. 304.
14. Garattini L., Badinella Martini M., Nobili A. Integrated care in Europe: time to get it together? //Applied Health Economics and Health Policy. 2022. Т. 20. №. 2. p. 145-147.